TGViewer
Channel Public Channel
Samarqand davlat pedagogika instituti | RASMIY

Samarqand davlat pedagogika instituti | RASMIY

@samdpi_uz

Samarqand davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

🌐 Rasmiy sayt: samdpi.uz
Subscribers
8.78K
Photos
35.7K
Videos
3K
Links
12K
Recent Posts 3 shown
Post #40577 658
✅ SAMARQAND DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TYUTORLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

Samarqand davlat pedagogika institutida vakant tyutorlik lavozimlariga nomzodlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.


➡️ Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida o‘tkazildi.

Jarayonda nomzodlarning talabalar bilan ishlash tajribasi, ularning muammolarini hal etish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, davomadni nazorat qilish, tashabbuskorlik va innovatsion yondashuv borasidagi bilim hamda ko‘nikmalari baholandi.


📌 Tanlovdan maqsad tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirish, munosib nomzodlarni saralash va talabalar bilan ishlash sifatini yanada yaxshilashdan iborat.

🌐
SamDPI Matbuot xizmati

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
  • 👍 4
  • ❤ 1
Post #40570 1.25K
#xotin_qizlar_faoliyati

🌷 QIZLAR MAYDONI: G‘OYA, JASORAT, KELAJAK

11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Samarqand davlat pedagogika institutida “Qizlar maydoni: g‘oya, jasorat, kelajak” mavzusida motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda talaba-qizlarning tashabbuskorligi va liderlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda kelajak maqsadlari sari intilishini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi. Samimiy muloqot davomida qizlar o‘z g‘oyalari, orzu-intilishlari va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdi.


Tadbir Samarqand davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etildi.

🌐
SamDPI Matbuot xizmati

👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |
  • ❤ 8
  • 👍 5
  • 🎉 2
  • 🔥 1
  • 🏆 1
Post #40563 1.22K

Forwarded from Shahzoda Negmatova

#Ilmiy_seminar

📌 Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishni seminar raisi ochib berib, ishtirokchilarni yig‘ilishning kun tartibi bilan tanishtirdi.

Yig‘ilishda dastlab Karimova Aziza Mamatkadirovnaning “Pedagogika yo‘nalishi talabalariga SCAMPER texnikasi asosida bolaning intellektual qobiliyatini rivojlantirishni o‘rgatish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika ixtisosligi bo‘yicha) ixtisosligi yuzasidan tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Shuningdek, Kurbonova Gulmira Usmonovnaning “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kollaborativ o‘qitish muhitini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy ishi ko‘rib chiqildi.


➡️ Muhokamalar davomida dissertatsiya ishlarining mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqotchilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ilmiy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 🎉 3
Older posts →

About this channel

How can I read @samdpi_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Samarqand davlat pedagogika instituti | RASMIY: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Samarqand davlat pedagogika instituti | RASMIY have?
Samarqand davlat pedagogika instituti | RASMIY (@samdpi_uz) has 8.78K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Samarqand davlat pedagogika instituti | RASMIY know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →