📌 Ilmiy dissertatsiyalar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni seminar raisi ochib berib, ishtirokchilarni yig‘ilishning kun tartibi bilan tanishtirdi.
Yig‘ilishda dastlab Karimova Aziza Mamatkadirovnaning “Pedagogika yo‘nalishi talabalariga SCAMPER texnikasi asosida bolaning intellektual qobiliyatini rivojlantirishni o‘rgatish metodikasi” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika ixtisosligi bo‘yicha) ixtisosligi yuzasidan tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Shuningdek, Kurbonova Gulmira Usmonovnaning “Bo‘lajak o‘qituvchilarda kollaborativ o‘qitish muhitini loyihalash ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy ishi ko‘rib chiqildi.
➡️ Muhokamalar davomida dissertatsiya ishlarining mazmuni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqotchilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ilmiy ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook






