🎓 Siz faolsiz, lidersiz va o'z universitetingizda talabalik hayotining markazida bo'lishni hohlaysizmi? Unda bu konferensiya aynan siz uchun!
Toshkent davlat yuridik universitetining 35 yilligi munosabati bilan
“Yuridik ta’limda talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni: Yangi tendensiyalar va konseptual rivojlanish metodikalari” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda!
✅
28-sentyabr 2026-yil 🏳️ Toshkent davlat yuridik universiteti,
ToshkentBu shunchaki konferensiya emas — o‘z fikringizni bildirish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va boshqa universitetlarning faol talabalari bilan tajriba almashish uchun katta imkoniyat. 🚀
💡 Konferensiyada yo'nalishlari:
▪️ Talabalar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomi va vakolatlari;
▪️ Talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari;
▪️ Talaba fikrini universitet boshqaruviga tatbiq etish;
▪️ Akademik, ilmiy, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishning zamonaviy modellari;
▪️ Talabalar o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinadi.
O‘z g‘oyangizni taqdim eting va saralash bosqichidan o‘ting. Muvaffaqiyatli saralangan spikerlarga tashkilotchilar tomonidan tashkiliy va metodik ko‘mak beriladi. 🔥
🌐 Hududlardagi OTM talabalari uchun ONLAYN ishtirok etish imkoniyati ham mavjud!
⏰
Ro'yxatdan o'tish uchun sanalar:👥 Ishtirokchilar uchun — 25-sentabr 2026-yil
Agar sizda talaba hayotini, universitet boshqaruvini yoki yuridik ta’limni rivojlantirishga oid g‘oya bo‘lsa — aynan shu yerda uni ovoz chiqarib aytish vaqti! ⚖️💡
📢
Fikr bildir. G‘oya taklif qil. Tashabbus ko‘rsat.#TDYU35 #Konferensiya #Talabalar #YuridikTalaba #IlmFan #StudentLeadership
📱
Telegram| 📱
Instagram📱
Facebook| 📱
YouTube