TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.5K subscribers
Post #1862 2.51K
TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov o‘tkazilmoqda

Talabalarning ovozi bo‘lish va o‘zgarishlar qilishga hissa qo‘shishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

Fakultet-talabalar va kafedra-talabalar qo‘mitalari a’zolariga aylaning hamda tengdoshlaringiz uchun vakillik qiling hamda universitetimiz rivojiga va ta’lim sifatini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shing!

Shu bilan birga talabalarning ta’lim olishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga universitetga yordam bering.

Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylanish uchun 27-sentabr 12:00 ga qadar quyidagi havola orqali nomzodingizni ko‘rsating: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSebyr833yRSH7GiU0kBvFKScMjjOl2PONEcw2Y7IY5ZJs0FWw/viewform?usp=header

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, mazkur telegram guruhga qo‘shiling: https://t.me/vakilnomzod

Sizga qo‘yiladigan yagona talab — universitet hayotiga va talabalarning huquq va erkinliklariga befarq bo‘lmaslik!

Saylov komissiyasi nomzodlarning tajribasi, motivatsion xati hamda rejasini o‘rgangan holda fakultetlarning har bir kursidan oltita nomzodni saylovda ishtirok etish uchun tanlab oladi.

Saralash bosqichi natijalari hamda suhbat kunlari TDYU Talabalar Assotsiatsiyasining Telegramdagi rasmiy kanali (@sa_tsul)da e’lon qilinadi.

Nomzodlar e’lon qilinganidan so‘ng 6-oktabrga qadar o‘z saylovoldi tashviqotlarini o‘tkazadi.

7-9-oktabrda fakultetlarning har bir kursidan 3 nafar nomzod universitet elektron platformasi orqali umumiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan talabalar tomonidan saylanadi.

Saylov natijalari 12-oktabrda e’lon qilinadi.
More from @mediatsul
  1. Sep 24, 2026Студенты ТГЮУ приняли участие в Дне открытых дверей В Институте переподготовки и повышения…
  2. Sep 24, 2026TDYU talabalari “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etdi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazi…
  3. Sep 24, 2026Студенты ТГЮУ посетили музей Министерства внутренних дел В рамках Дня молодежи коллектив и…
  4. Sep 24, 2026TDYU talabalari Ichki ishlar vazirligi muzeyiga tashrif buyurdi “Yoshlar kuni” doirasida T…
  5. Sep 24, 2026Ректор ТГЮУ провел открытый диалог со студентами первого курса В Ташкентском государственн…
  6. Sep 24, 2026TDYU rektori birinchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi Toshkent davlat yuridik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →