“Yoshlar kuni” doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti jamoasi va talabalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi muzeyiga tashrif buyurdi.
Talabalarning huquqiy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotirani mustahkamlash hamda ularni ichki ishlar organlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tashrif davomida ishtirokchilar O‘zbekiston ichki ishlar organlari tizimining shakllanish va rivojlanish tarixi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, sohada amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar hamda tizim xodimlarining qonuniylik va jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida ma’lumotga ega bo‘ldi.
Shuningdek, talabalar muzeyda saqlanayotgan tarixiy eksponatlar, arxiv hujjatlari, maxsus vositalar va boshqa ko‘rgazmali materiallar bilan tanishdi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Post #1956
1.53K
TDYU talabalari Ichki ishlar vazirligi muzeyiga tashrif buyurdi