O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan axborot texnologiyalari, mexatronika va robototexnikaga qiziqadigan hamda o‘z g‘oya va ishlanmalarini namoyish etishni istagan iqtidorli talaba-qizlar uchun “IT QUEENS — Kelajakni yaratuvchi qizlar” respublika tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning universitet bosqichi 28-sentabr 10:00 da TDYU 4-bino Kovorking markazida boshlanadi.
Tanlovda universitetimiz bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba-qizlari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ishtirok etishi mumkin:
— dasturiy ta’minot;
— veb-ishlanmalar;
— mobil ilovalar;
— sun’iy intellekt;
— kiberxavfsizlik;
— raqamli ta’lim;
— avtomatlashtirilgan tizimlar, mexatronika va robototexnika;
— aqlli qurilmalar va IoT yechimlari.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
1. Universitet bosqichi — 28-sentabr, taqdimot uchun 5–7 daqiqa;
2. Hududiy bosqich — oktabr oyining birinchi o‘n kunligida, taqdimot uchun 7–10 daqiqa;
3. Respublika final bosqichi — 2026-yil 11-oktabr kuni Toshkent davlat transport universitetida, taqdimot uchun 10 daqiqa.
Har bir bosqichda ishtirokchilar o‘z loyihalarining ishlash jarayonini jonli tarzda namoyish etadi.
Hakamlar hay’ati loyihalarni 100 ballik tizim asosida baholab, quyidagi mezonlarga alohida e’tibor qaratadi:
— funksionallik;
— texnik daraja;
— innovatsion yechim;
— amaliy ahamiyat;
— taqdimot sifati.
Respublika bosqichida har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin — elektrosamokat;
2-o‘rin — noutbuk;
3-o‘rin — televizor.
Shuningdek, g‘oliblarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplomi hamda maxsus statuetkasi topshiriladi. 8 ta maxsus nominatsiya sohibi esa planshet bilan mukofotlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun @Umida_Pulatovna Telegram manziliga murojaat qiling.
Post #1966
912
“IT QUEENS” respublika tanloviga start berildi