Toshkent davlat yuridik universiteti birinchi kurs talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda TDYU rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev ishtirok etib, talabalarni hayotlaridagi yangi va mas’uliyatli bosqich bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qish hamda izlanishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Muloqot davomida talabalarga TDYUda sifatli ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar, universitet muhitiga tez va samarali moslashish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, mavjud loyihalar va tashabbuslarda faol qatnashish, shaxsiy hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan rektorga bevosita murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdi. Rektor har bir murojaatni tinglab, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar va tavsiyalar berdi.
Bunday uchrashuvlar talabalar va universitet rahbariyati o‘rtasida ochiq hamda samarali muloqotni mustahkamlash, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlash hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Post #1954
1.56K
TDYU rektori birinchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi