TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.54K subscribers
Post #1958 1.47K
TDYU talabalari “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar Institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bosqichlari hamda o‘quv jarayonida yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan tanishdi.

Talabalar uchun Institutning o‘quv auditoriyalari, kutubxonasi va axborot-resurs markazi, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalari bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Tadbir doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda yuridik sohada kasbiy rivojlanish, zamonaviy huquqshunos oldida turgan vazifalar, muntazam ravishda bilim va malakani oshirib borish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
More from @mediatsul
  1. Sep 25, 2026Для студентов ТГЮУ объявлен конкурс «Лучшее эссе по экономическим, социальным и культурным…
  2. Sep 25, 2026TDYU talabalari uchun “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha eng yaxshi esse” t…
  3. Sep 25, 2026Дан старт республиканскому конкурсу «IT QUEENS» Министерство высшего образования, науки и…
  4. Sep 25, 2026“IT QUEENS” respublika tanloviga start berildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan v…
  5. Sep 25, 2026В ТГЮУ пройдут занятия по уголовному праву Германии В рамках сотрудничества между Ташкентс…
  6. Sep 25, 2026TDYUda Germaniya jinoyat huquqi bo‘yicha darslar o‘tkaziladi Toshkent davlat yuridik unive…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →