TGViewer
Students' Association Students' Association @sa_tsul · 4.23K subscribers
Post #1910 13.1K
🎓 Siz faolsiz, lidersiz va o'z universitetingizda talabalik hayotining markazida bo'lishni hohlaysizmi? Unda bu konferensiya aynan siz uchun!

Toshkent davlat yuridik universitetining 35 yilligi munosabati bilan “Yuridik ta’limda talabalarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni: Yangi tendensiyalar va konseptual rivojlanish metodikalari” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda!

28-sentyabr 2026-yil
🏳️ Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent

Bu shunchaki konferensiya emas — o‘z fikringizni bildirish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va boshqa universitetlarning faol talabalari bilan tajriba almashish uchun katta imkoniyat. 🚀

💡 Konferensiyada yo'nalishlari:
▪️ Talabalar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomi va vakolatlari;
▪️ Talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari;
▪️ Talaba fikrini universitet boshqaruviga tatbiq etish;
▪️ Akademik, ilmiy, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishning zamonaviy modellari;
▪️ Talabalar o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinadi.

O‘z g‘oyangizni taqdim eting va saralash bosqichidan o‘ting. Muvaffaqiyatli saralangan spikerlarga tashkilotchilar tomonidan tashkiliy va metodik ko‘mak beriladi. 🔥

🌐 Hududlardagi OTM talabalari uchun ONLAYN ishtirok etish imkoniyati ham mavjud!

Ro'yxatdan o'tish uchun sanalar:
👥 Ishtirokchilar uchun — 25-sentabr 2026-yil

Agar sizda talaba hayotini, universitet boshqaruvini yoki yuridik ta’limni rivojlantirishga oid g‘oya bo‘lsa — aynan shu yerda uni ovoz chiqarib aytish vaqti! ⚖️💡

📢 Fikr bildir. G‘oya taklif qil. Tashabbus ko‘rsat.

#TDYU35 #Konferensiya #Talabalar #YuridikTalaba #IlmFan #StudentLeadership


📱Telegram| 📱Instagram
📱Facebook| 📱YouTube
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • 🔥 2
More from @sa_tsul
  1. Sep 23, 2026🔹🔹🔹🔹 TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov uchun nomzodlarni qabul qilish davom…
  2. Sep 23, 2026Sizningcha, Toshkent davlat yuridik universitetining eng yaxshi o'qituvchisi kim? Har bir…
  3. Sep 23, 2026•🎓• FIKRINGIZ — OVOZINGIZ O‘z fikringizni nafaqat bildirish, balki uni asoslash va himoya…
  4. Sep 22, 2026•🎓• DAVLAT STIPENDIYALARI: TALABALAR UCHUN IMKONIYATLAR Yuqori akademik natijalar, ilmiy…
  5. Sep 22, 2026•🎓• BOSHQALARGA KERAK BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN KITOBLAR Ko‘plab talabalarda semestr yakuni…
  6. Sep 22, 2026🤩 LADY LAWYER KENGASHIGA SARALASH BOSQICHI BOSHLANDI! 💛⚖️ Lady Lawyer — o‘zini rivojlant…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →