TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.49K subscribers
Post #1929 1.34K
TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov uchun nomzodlarni qabul qilish davom etmoqda

Toshkent davlat yuridik universitetida fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylanish uchun 27-sentabr 12:00 ga qadar quyidagi havola orqali nomzodingizni ko‘rsating: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSebyr833yRSH7GiU0kBvFKScMjjOl2PONEcw2Y7IY5ZJs0FWw/viewform?usp=header

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, mazkur telegram guruhga qo‘shiling: https://t.me/vakilnomzod

Sizga qo‘yiladigan yagona talab — universitet hayotiga va talabalarning huquq va erkinliklariga befarq bo‘lmaslik!

Saylov komissiyasi nomzodlarning tajribasi, motivatsion xati hamda rejasini o‘rgangan holda fakultetlarning har bir kursidan oltita nomzodni saylovda ishtirok etish uchun tanlab oladi.

Saralash bosqichi natijalari hamda suhbat kunlari TDYU Talabalar Assotsiatsiyasining Telegramdagi rasmiy kanali (@sa_tsul)da e’lon qilinadi.

Nomzodlar e’lon qilinganidan so‘ng 6-oktabrga qadar o‘z saylovoldi tashviqotlarini o‘tkazadi.

7-9-oktabrda fakultetlarning har bir kursidan 3 nafar nomzod universitet elektron platformasi orqali umumiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan talabalar tomonidan saylanadi.

Saylov natijalari 12-oktabrda e’lon qilinadi.
More from @mediatsul
  1. Sep 23, 2026В ТГЮУ стартовал пятый сезон международной научной программы Central Asian Legal Research…
  2. Sep 23, 2026TDYUda “Central Asian Legal Research Fellowship” xalqaro ilmiy dasturining 5-mavsumi boshl…
  3. Sep 23, 2026Состоится защита диссертации (PhD) Аброра Убайдуллаева 30 сентября в 9:30 на заседании Нау…
  4. Sep 23, 2026Abror Ubaydullayevning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi Toshkent dav…
  5. Sep 23, 2026В ТГЮУ продолжается прием заявок от кандидатов на выборы в факультетский студенческий коми…
  6. Sep 23, 2026Студенты ТГЮУ приняли участие в XII конференции членов Глобального молодежного парламента…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →