TGViewer
Channel Public Channel
Research Group

Research Group

@researchgroup_tsue

"Research Group" loyihasi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!✨️
Biz bilan:
▪︎Tanqidiy fikrlashni rivojlantirasiz.📈
▪︎Global dunyo bilan hamnafas bo'lasiz.🌐

Murojat uchun: @shirin_abdullayeva_28
Subscribers
325
Photos
20
Videos
12
Links
36
Recent Posts 16 shown
Post #80 507
🌐Butun dunyo tarixidagi ulkan giperinflatsiya haqida bilmoqchimisiz?
🔵Research Group o’zining Economic Casebook- iqtisodiyotni davlatlar misolida o’rganuvchi loyihasiga start beradi.

📌Bu safar siz real iqtisodchi sifatida:
😎Keysni chuqur tahlil qilasiz
😎Jamoada strategik yechim ishlab chiqasiz
😎Fikringizni dalillar bilan himoya qilasiz
😎Murakkab vaziyatda to’g’ri qaror topishni o’rganasiz.

🖥Ro'yhatdan o'tish
🗓Sana: 10-oktabr
🔜Vaqt: 13:00
📍Joy: TDIU Moliya campus, 8-bino 212-xona

🔍 Research group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 4
Post #79 353
⚠️ Research Begins — yangi jamoa bilan ilk qadam!
Yangi Researcherlar bilan “Research Begins” nomli ilk Team Buildingimiz bo‘lib o‘tdi!


📌Tadbir davomida:
😎bir-birimiz bilan yaqindan tanishdik;
😎Research Group va uning faoliyati haqida batafsil ma’lumot oldik;
😎Turli jamoaviy o‘yinlarda ishtirok etdik;
😎Yangi tanishuvlar va samimiy suhbatlar orqali bir jamoaga aylandik.

🔥Bu kun biz uchun shunchaki tanishish emas, balki birgalikdagi researchlar, yangi g‘oyalar va loyihalarning boshlanishi bo‘ldi.

🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!


😎Telegram 😎Instagram
Post #76 502
❤️❤️❤️
Yangi savollar, yangi fikrlar va yangi jamoa!

💠Research Group’ning bo’lajak a’zolarini saralashning navbatdagi bosqichi bo’lib o’tdi.

🔺Turli savollar, qiziqarli javoblar va o‘ziga xos fikrlar — har bir suhbat o‘zgacha kechdi.

Biz bilan bir to'lqinda bo'ling:
😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 3
Post #75 445
⚠️Ro’yxatdan o’tish yakunlandi!

📌Jami 200 ga yaqin talaba ro’yxatdan o’tishdi va faqatgina saralanganlarga aloqaga chiqildi. Agar siz ular orasida bo’lsangiz, sizni tabriklaymiz.

⚠️Ertaga qabul suhbati Asosiy kampus, 1-bino, 4-etaj, 432-xonada bo’lib o’tadi. Kechikmasdan, aytilgan vaqtda kelishingizni so’raymiz.

❤️‍🔥“Research Group” bilan birga oddiy kuzatuvchidan tadqiqotchiga aylanish vaqti keldi.

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 2
Post #74 1.59K
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥
Dunyoga bir marta tadqiqotchi ko‘zi bilan qarab ko‘rganmisiz?

🔵Research Group — iqtisodiyot, biznes va real hayotdagi jarayonlarni tadqiq qilishga qiziqqan talabalarni o‘z jamoasiga taklif qiladi.

Agar siz izlanishni, yangi narsalarni o‘rganishni, g‘oya yaratishni va jamoa bilan ishlashni yoqtirsangiz — balki biz aynan sizni qidirayotgandirmiz.

⚡️Research Group — qiziquvchanlikni g‘oyaga, g‘oyani esa real loyihaga aylanadigan muhit. Loyiha haqida batafsil

✨Agar siz ham “Nega?” deb so‘rashdan boshlanadigan yo‘lga tayyor bo‘lsangiz, bizning jamoamizga qo‘shiling.

📝Ro‘yxatdan o‘tish
⏳Deadline: 18-sentabr
  • 🆒 3
Post #70 820
🪩550 million so‘mlik grant esingizdami?

📌Biz ulashgan nemis tili grantining natijalari e’lon qilindi va jamoa a’zolaridan biri, TDIU Turizm fakulteti talabasi Dadayev Jonpo’lat grant g‘oliblari safidan joy oldi! 🎉

⚡️G‘olibimizni samimiy tabriklaymiz va bu yutuq yanada katta muvaffaqiyatlarning boshlanishi bo‘lishini tilaymiz.

🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 2
Post #69 2.25K
❗️❗️❗️❗️ Nemis tilini bepul o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📈Research Group kuzatuvchilari uchun foydali grantlar ulashishda davom etadi.

🎁60 nafar yosh uchun 1 yillik bepul nemis tili ta’limi ajratilgan bo‘lib, grantning umumiy qiymati 550 million so‘mni tashkil etadi.

📣 Ishtirokchilar motivatsion esse va suhbat asosida saralab olinadi.

Agar siz:
✔️16–25 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz;
✔️ O‘zingiz ustida ishlashga tayyor bo‘lsangiz;
✔️ Kelajagingiz uchun yangi imkoniyatlar izlayotgan bo‘lsangiz,

⚪️Ushbu grantni o‘tkazib yubormang.

📍20 nafar ishtirokchi Toshkent filiallarida
📍40 nafar ishtirokchi Samarqand, Farg‘ona, Qarshi va Andijon filiallarida tahsil oladi.

⚠️ Ro’yxatdan o’tish

⌛️ Deadline: 31-may soat 23:59.

Research Group: Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz.


😎 Telegram 😎 Instagram
  • 🆒 3
Post #67 741
⚠️16-may kuni Research Groupning ushbu o’quv yili uchun so’nggi tadbiri bo’lib o’tdi.

⚠️Tadbir davomida Netflix va Warner Bros. Discovery kompaniyalarining tarixi, marketing strategiyalari, biznes modellari hamda entertainment industry’dagi ta’siri haqida fikr almashildi.

📌Muhokama davomida:
✅Ovozli kino innovatsiyasi
✅Biznes olamidagi eng katta kompaniyalar muvaffaqqiyatsizligi - time Warner va America online AOL.
✅Netflix marketingi
✅Biznes case orqali tanqidiy fikrlashlar olib borildi.

🔥Tadbir qiziqarli muhokamalar, yangi bilimlar va faol fikr almashuvlarga boy tarzda yakunlandi.

🔎Research Group:
😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 3
Post #65 5.19K
❔Entertainment industry ortida aslida nima yashirin?

❤️‍🔥Bir kompaniya algoritm orqali milliardlab odamlarni ekran oldida ushlab turadi. Boshqasi esa oddiy filmni global madaniy hodisaga aylantiradi.


📌Research Group’ning ushbu o’quv yilidagi so’nggi Company Analyzing sonida siz bilan Netflix va Warner Bros. Discovery kompaniyalar ustida tadqiqot olib boramiz !

⚠️Tadbir davomida siz bilan:
📖kompaniyalar tarixi
📈marketing strategiyalari
💵moliyaviy va biznes tahlil
🎬kino muhiti va tomoshabin psixologiyasi haqida gaplashamiz.

🏆Eng faol ishtirokchilar sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

📍Manzil: Asosiy kampus, 7-bino 206-xona
🗓Sana: Shanba, 16-may
⏰Vaqt: 11:00

Ro’yxatdan o’tish

🔥Bu safar kino va seriallarga oddiy tomoshabin emas, tahlilchi sifatida qaraymiz.

🔎Research Group:
😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 1
Post #63 704
📌Red Bull’ning eng katta siri nima ekanini bilasizmi?

🐂Red Bull 1987-yildan beri birorta ham zavodga egalik qilmaydi. Ular "asset-light" modelini qo‘llaydi — barcha pul marketing va brendingga ketadi. Ishlab chiqarishni esa ikki hamkor kompaniya bajaradi:

✅Rauch Fruchtsäfte (Avstriya) — qutilarni to‘ldirish. 40 yildan beri Red Bull bilan hamkorlikda.
✅Ball Corporation (AQSh) — Red Bull ichimligini ustki qismini ishlab chiqarish.
"Wall-to-wall" texnologiyasi orqali quti tayyorlash, to‘ldirish va saqlash bir binoda amalga oshiriladi.


Natijada kompaniya:
✅milliardlab xarajatlarni kamaytirdi
✅yangi bozorlarga oson kirish imkonini oldi
✅tez kengaydi, ya’ni hamkor zavodlar orqali Red Bull 178 ta davlatga juda tez kirib bordi.

‼️Lekin bu model mukammal emas. Uning o’ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud:
✅Mahsulotlarga talab oshgani sari logistika murakkablashdi.
✅Hamkor zavodlarga bog‘liqlik esa riskni oshirdi.
✅Bitta kechikish — millionlab mahsulotga ta’sir qilishi mumkin edi.

🔔Shu sabab Red Bull endi o‘z ishlab chiqarish markazlarini qurishni boshladi.
Masalan:
• Glendeyl, Arizona — 2021-yilda ochilgan birinchi AQSh zavodi.
• Concord, Shimoliy Karolina — 2028-yilda ishga tushadi. $1,7 mlrd sarmoya, yiliga 3 mlrd quti sig‘imi.

💡“Asset-light” modeli tez va arzon o‘sish uchun ajoyib. Ammo Red Bull tajribasi shuni ko‘rsatdiki, uzoq muddatda va kutilmagan xavflarga qarshi turish uchun o‘z ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lish kerak. Hamkorlik foydali, lekin nazorat — hamma narsa.
Batafsil:
bu yerda

💬Sizningcha, boshlang‘ich biznes uchun qaysi model yaxshiroq: asset-lightmi yoki o‘z zavodingizmi?

😎Telegram 😎Instagram
Post #62 918
❓3 oylik grand dasturda qatnashishni xohlaysizmi? Unda bu post aynan siz uchun !

📣Media savodxonlik bugungi kunda har bir yosh uchun muhim ko‘nikmaga aylanmoqda.
🇺🇸Shu maqsadda tashkil etilgan Central Asia Media Literacy Program 2026 dasturi 16–22 yoshdagi ishtirokchilar uchun 3 oylik onlayn ta’lim va tajriba imkoniyatini taqdim etadi.

⚠️Dastur davomida ishtirokchilar:
✅yolg‘on va chalg‘ituvchi axborotni aniqlash
✅jurnalistika asoslari
✅inson huquqlari
yo‘nalishlarini o‘rganadilar.

💡Shuningdek, har bir ishtirokchi o‘z loyihasini yaratib, uni e’lon qilish imkoniga ega bo‘ladi.

📌Talablar:
✅ 400–500 so‘zli shaxsiy matn
✅ 1–2 sahifalik tarjimai hol (CV)
✅ 1 daqiqalik ingliz tilidagi video
Ro’yxatdan o’tish uchun: havola

🗓Dastur yakunida ishtirokchilarga sertifikat va tavsiyanomalar beriladi.

✍️Ariza berishning so’nggi muddati: 17-may.

🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 1
Post #61 745
❔Bitta mahsulot bilan dunyoni zabt etish mumkinmi?

⁉️Tasavvur qiling, sizning biznesingiz mahalliy bozorda yetakchi. Savdolar oshmoqda, odamlar brendingizga ishonadi va muvaffaqiyat kafolatlangandek tuyuladi. Shundan keyin siz xalqaro bozorlarga chiqishga qaror qilasiz.

🌐Yangi davlatlar, yangi mijozlar, kattaroq foyda. Osondek tuyuldimi?


🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
Post #60 565
⚠️Nega Red Bull marketingi boshqalardan butunlay farq qiladi?

⚡️Red Bull marketingi oddiy reklama tizimi emas — bu butun bir madaniyat yaratish strategiyasi.

ℹ️Ko‘pchilik kompaniyalar mahsulotni sotadi: “iching, oling, ishlating”. Lekin Red Bull faqatgina ichimlik emas,hayot tarzini sotadi.

🔥Brendning asosiy g‘oyasi “Red Bull Gives You Wings” — bu shunchaki slogan emas. Bu odamga beriladigan hissiyot: energiya, tezlik, jasorat va chegarani buzish.

💡Eng qiziq tomoni — Red Bull boshida an’anaviy reklama yo’lini tanlamagan. Ular ataylab bo‘sh bankalarni barlar, klublar va universitetlarda qoldirishgan. Odamlar esa buni ko‘rib “demak hamma ichyapti” deb o‘ylashgan. Bu juda kuchli psixologik usul — social proof.

❗️Shuning uchun Red Bull reklama qilishdan ko‘ra:
✅tajriba yaratadi
✅voqealar tashkil qiladi
✅kontent ishlab chiqaradi

📣Keyin Red Bull o‘zini butunlay o‘zgartirdi:

✅ekstremal sportlarni qo‘llab-quvvatladi
✅Formula 1 jamoasini yaratdi
✅eng xavfli va hayajonli sportlarni o‘ziga bog‘ladi

🕸Ular mahsulotni ko‘rsatmaydi. Ular hayotdagi eng kuchli hissiyotlarni ko‘rsatadi.

📊Natijada Red Bull mahsulotni emas, tajribani sotadigan brendga aylandi. Odamlar uni ichimlik sifatida emas, balki energiya, adrenalin va harakat ramzi sifatida qabul qiladi.

🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 4
Post #59 551
🕸Global brendlar tasodifan yaratilmaydi. Red Bull ham oddiy ichimlikdan boshlangan, lekin to‘g‘ri qarorlar uni butunlay boshqa darajaga olib chiqqan.

⚠️Kompaniya ikki asoschi tomonidan yaratilgan:
• Chaleo Yoovidhya — mahsulot yaratuvchisi
• Dietrich Mateschitz — global strateg va marketolog

❤️‍🔥Hamma narsa Tailandda boshlanadi. Oddiy oiladan chiqqan Chaleo Yoovidhya hayotini farmatsevtika sohasida boshlaydi. U antibiotik sotuvchi sifatida ishlaydi va vaqt o‘tib o‘z kompaniyasi — TC Pharmaceuticals’ni tashkil etadi.

❗️U ishlash jarayonida bitta muhim narsani sezadi: oddiy ishchilar, haydovchilar va zavod xodimlari doimiy ravishda charchoq va energiya yetishmasligidan aziyat chekardi.

💡Aynan shu muammo unga g‘oya beradi.

📌1976-yilda u energiya beruvchi ichimlik — “Krating Daeng”ni yaratadi. Bu ichimlik tezda mahalliy bozorda mashhur bo‘lib ketadi.

🔔1980-yillarda avstriyalik marketolog Dietrich Mateschitz xizmat safari davomida Tailandga keladi va tasodifan shu ichimlikni tatib ko‘radi.

💸Shundan so‘ng ikki tadbirkor hamkorlik qiladi. Har biri o‘z jamg‘armasini investitsiya qiladi va kompaniya tashkil etiladi.

📣1987-yil 1-aprel — Red Bull Avstriyada rasmiy ishga tushiriladi.

❤️‍🔥Lekin ular shunchaki mahsulotni eksport qilmaydi. Ular uni qayta yaratadi:
😎ichimlikka gaz qo‘shiladi
😎ta’mi o‘zgartiriladi
😎dizayn minimalistik va zamonaviy qilindi

🔥Bugungi kunda Red Bull milliardlab sotuvga ega! 2024-yilda €11.2 mlrd daromad va 12.7 mlrd dona sotuv bilan u global energetika bozor yetakchisi bo‘lib qolmoqda.


🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 1
Post #58 483
📣 Siz uchun kompaniyalarning qanday qilib global brend darajasiga chiqqani qiziq bo’lsa, unda biz bu haftani siz uchun bag’ishlaymiz !

💡Bu hafta kanalimizda Red Bull’ning ortidagi haqiqiy hikoya va uning global bozorga chiqish strategiyasini tahlil qilamiz.


Siz bunga tayyormisiz ?!
  • 🆒 3
Post #55 2.07K
🌐G'oyangiz bor lekin qanday startup yaratishni bilmayapsizmi ? Unda Research Group sizga to'g'ri yo'lni tanlashda yordam beradi !

🇺🇿”Yoshlar ishlari agentligi” va “Yoshlar ventures” fondi tomonidan yaratilgan yoshlar.exode.biz platformasi sizga aynan shu imkoniyatni taqdim etadi

⚡️Siz bu platforma orqali — 100 kunlik challengeda qatnashib, startup va biznes dunyosiga kirib borasiz.

📌Platforma sizga:
✅startup g‘oya yaratish
✅biznes asoslarini o‘rganish
✅marketing va strategiyani tushunish
✅real amaliy vazifalar bilan ishlash
imkonini beradi.

🔔Sizdan talab qilinadi:
✅darslarni muntazam ko‘rish
✅berilgan vazifalarni bajarish

❔Platformada darslar ingliz tilida bo’lib, til bilish sizga ustunlik beradi. Har bir darsdan keyin vazifalar bajariladi va siz o‘z rivojlanishingizni kuzatib borasiz.

⚠️Challenge ga qo'shilish uchun quyidagi bosqichlardan o'tishingiz kerak:
1. yoshlar.exode.biz platformasini yuklab oling;
2. Platformaga exode.biz ushbu linkni kiritasiz;
3. "Become a Founder" kursini tanlang;
4. Har bir dars oxiridagi vazifalarni bajarib, ballar to'plab boring.

💡Bu oddiy dars emas — bu bosqichma-bosqich rivojlanish tizimi bo‘lib, sizni noldan boshlab haqiqiy founder fikrlashiga olib chiqadi.


🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 1
Older posts →

About this channel

How can I read @researchgroup_tsue without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Research Group: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Research Group have?
Research Group (@researchgroup_tsue) has 325 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Research Group know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →