TGViewer
Research Group Research Group @researchgroup_tsue · 324 subscribers
Post #59 552
🕸Global brendlar tasodifan yaratilmaydi. Red Bull ham oddiy ichimlikdan boshlangan, lekin to‘g‘ri qarorlar uni butunlay boshqa darajaga olib chiqqan.

⚠️Kompaniya ikki asoschi tomonidan yaratilgan:
• Chaleo Yoovidhya — mahsulot yaratuvchisi
• Dietrich Mateschitz — global strateg va marketolog

❤️‍🔥Hamma narsa Tailandda boshlanadi. Oddiy oiladan chiqqan Chaleo Yoovidhya hayotini farmatsevtika sohasida boshlaydi. U antibiotik sotuvchi sifatida ishlaydi va vaqt o‘tib o‘z kompaniyasi — TC Pharmaceuticals’ni tashkil etadi.

❗️U ishlash jarayonida bitta muhim narsani sezadi: oddiy ishchilar, haydovchilar va zavod xodimlari doimiy ravishda charchoq va energiya yetishmasligidan aziyat chekardi.

💡Aynan shu muammo unga g‘oya beradi.

📌1976-yilda u energiya beruvchi ichimlik — “Krating Daeng”ni yaratadi. Bu ichimlik tezda mahalliy bozorda mashhur bo‘lib ketadi.

🔔1980-yillarda avstriyalik marketolog Dietrich Mateschitz xizmat safari davomida Tailandga keladi va tasodifan shu ichimlikni tatib ko‘radi.

💸Shundan so‘ng ikki tadbirkor hamkorlik qiladi. Har biri o‘z jamg‘armasini investitsiya qiladi va kompaniya tashkil etiladi.

📣1987-yil 1-aprel — Red Bull Avstriyada rasmiy ishga tushiriladi.

❤️‍🔥Lekin ular shunchaki mahsulotni eksport qilmaydi. Ular uni qayta yaratadi:
😎ichimlikka gaz qo‘shiladi
😎ta’mi o‘zgartiriladi
😎dizayn minimalistik va zamonaviy qilindi

🔥Bugungi kunda Red Bull milliardlab sotuvga ega! 2024-yilda €11.2 mlrd daromad va 12.7 mlrd dona sotuv bilan u global energetika bozor yetakchisi bo‘lib qolmoqda.


🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!

😎Telegram 😎Instagram
  • 🆒 1
More from @researchgroup_tsue
  1. Oct 7, 2026🌐Butun dunyo tarixidagi ulkan giperinflatsiya haqida bilmoqchimisiz? 🔵Research Group o’z…
  2. Oct 3, 2026⚠️ Research Begins — yangi jamoa bilan ilk qadam! Yangi Researcherlar bilan “Research Begi…
  3. Sep 19, 2026❤️❤️❤️ Yangi savollar, yangi fikrlar va yangi jamoa! 💠Research Group’ning bo’lajak a’zola…
  4. Sep 18, 2026⚠️Ro’yxatdan o’tish yakunlandi! 📌Jami 200 ga yaqin talaba ro’yxatdan o’tishdi va faqatgin…
  5. Sep 15, 2026❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Dunyoga bir marta tadqiqotchi ko‘zi bilan qarab ko‘rganmisiz? 🔵Research G…
  6. Jun 27, 2026🪩550 million so‘mlik grant esingizdami? 📌Biz ulashgan nemis tili grantining natijalari e…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →