🐂Red Bull 1987-yildan beri birorta ham zavodga egalik qilmaydi. Ular "asset-light" modelini qo‘llaydi — barcha pul marketing va brendingga ketadi. Ishlab chiqarishni esa ikki hamkor kompaniya bajaradi:
✅Rauch Fruchtsäfte (Avstriya) — qutilarni to‘ldirish. 40 yildan beri Red Bull bilan hamkorlikda.
✅Ball Corporation (AQSh) — Red Bull ichimligini ustki qismini ishlab chiqarish.
"Wall-to-wall" texnologiyasi orqali quti tayyorlash, to‘ldirish va saqlash bir binoda amalga oshiriladi.
Natijada kompaniya:
✅milliardlab xarajatlarni kamaytirdi
✅yangi bozorlarga oson kirish imkonini oldi
✅tez kengaydi, ya’ni hamkor zavodlar orqali Red Bull 178 ta davlatga juda tez kirib bordi.
‼️Lekin bu model mukammal emas. Uning o’ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud:
✅Mahsulotlarga talab oshgani sari logistika murakkablashdi.
✅Hamkor zavodlarga bog‘liqlik esa riskni oshirdi.
✅Bitta kechikish — millionlab mahsulotga ta’sir qilishi mumkin edi.
🔔Shu sabab Red Bull endi o‘z ishlab chiqarish markazlarini qurishni boshladi.
Masalan:
• Glendeyl, Arizona — 2021-yilda ochilgan birinchi AQSh zavodi.
• Concord, Shimoliy Karolina — 2028-yilda ishga tushadi. $1,7 mlrd sarmoya, yiliga 3 mlrd quti sig‘imi.
💡“Asset-light” modeli tez va arzon o‘sish uchun ajoyib. Ammo Red Bull tajribasi shuni ko‘rsatdiki, uzoq muddatda va kutilmagan xavflarga qarshi turish uchun o‘z ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lish kerak. Hamkorlik foydali, lekin nazorat — hamma narsa.
Batafsil: bu yerda
💬Sizningcha, boshlang‘ich biznes uchun qaysi model yaxshiroq: asset-lightmi yoki o‘z zavodingizmi?
😎Telegram 😎Instagram