⚠️Nega Red Bull marketingi boshqalardan butunlay farq qiladi?
⚡️Red Bull marketingi oddiy reklama tizimi emas — bu butun bir madaniyat yaratish strategiyasi.
ℹ️Ko‘pchilik kompaniyalar mahsulotni sotadi: “iching, oling, ishlating”. Lekin Red Bull faqatgina ichimlik emas,hayot tarzini sotadi.
🔥Brendning asosiy g‘oyasi “Red Bull Gives You Wings” — bu shunchaki slogan emas. Bu odamga beriladigan hissiyot: energiya, tezlik, jasorat va chegarani buzish.
💡Eng qiziq tomoni — Red Bull boshida an’anaviy reklama yo’lini tanlamagan. Ular ataylab bo‘sh bankalarni barlar, klublar va universitetlarda qoldirishgan. Odamlar esa buni ko‘rib “demak hamma ichyapti” deb o‘ylashgan. Bu juda kuchli psixologik usul — social proof.
❗️Shuning uchun Red Bull reklama qilishdan ko‘ra:
✅tajriba yaratadi
✅voqealar tashkil qiladi
✅kontent ishlab chiqaradi
📣Keyin Red Bull o‘zini butunlay o‘zgartirdi:
✅ekstremal sportlarni qo‘llab-quvvatladi
✅Formula 1 jamoasini yaratdi
✅eng xavfli va hayajonli sportlarni o‘ziga bog‘ladi
🕸Ular mahsulotni ko‘rsatmaydi. Ular hayotdagi eng kuchli hissiyotlarni ko‘rsatadi.
📊Natijada Red Bull mahsulotni emas, tajribani sotadigan brendga aylandi. Odamlar uni ichimlik sifatida emas, balki energiya, adrenalin va harakat ramzi sifatida qabul qiladi.
🔎Research Group:
Insonga bilimni singdira olmaymiz, shunchaki uni o'zida topishda yordam beramiz!
😎Telegram 😎Instagram
Post #60
566

- 🆒 4