TGViewer
SUDLARDA RAQAMLASHTIRISH SUDLARDA RAQAMLASHTIRISH @raqamli_sud · 1.31K subscribers
Post #9 2.36K
Muomalaga layoqatsizlik reyestri: fuqarolar huquqlarini himoya qilishda muhim raqamli qadam

Sud tizimida raqamlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi — “Muomalaga layoqatsizlik reyestri” shakllantirildi.

Mazkur reyestr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ-280-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida joriy etildi.
Yangi tizimning muhim jihati — reyestrning Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Adliya vazirligining “Notarius” AAT bilan integratsiya qilinganidir. Bu orqali sud qarorlari asosida shakllantirilgan ma’lumotlarni tegishli axborot tizimlari orqali elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyati yaratildi.

Bu fuqarolarga nima beradi?
🔹 Elektron reyestr, avvalo, muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek, ularning huquqiy maqomi inobatga olinmagan holda turli yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni kamaytirishga xizmat qiladi.
🔹 “Notarius” AAT bilan integratsiya orqali notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida zarur ma’lumotlarni elektron tarzda tezkor olish va tegishli huquqiy holatni inobatga olish imkoniyati kengayadi.
Bu esa fuqarolarni turli huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan shartnomaviy va mulkiy munosabatlarda qo‘shimcha himoya qilishga xizmat qiladi.

🔹 Shu bilan birga, ma’lumotlarni qog‘oz shaklida so‘rash va taqdim etish zarurati kamayib, davlat organlari o‘rtasida tezkor, ishonchli va elektron axborot almashinuvi ta’minlanadi.

✅ Muomalaga layoqatsizlik reyestri — oddiy ma’lumotlar bazasi emas, balki sud qarorlarida belgilangan huquqiy holatni o‘z vaqtida inobatga olish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat xizmatlarini yanada qulay va ishonchli ko‘rsatishga xizmat qiluvchi raqamli yechimdir.

#RaqamliSud #OliySud #Raqamlashtirish #Integratsiya #MuomalagaLayoqatsizlikReyestri
  • 👍 5
More from @raqamli_sud
  1. Oct 13, 2026#RaqamliSud #OliySud #Raqamlashtirish
  2. Oct 8, 2026🌐 Raqamlashtirish zamonida axborot tizimlarining o‘rni Bugungi kunda raqamlashtirish — fa…
  3. Oct 7, 2026⚖️ Sudlarda prokuror ishtirokini raqamlashtirish yo‘lida yangi imkoniyat O‘zbekiston Respu…
  4. Oct 6, 2026Ayni vaqtda yakuniy sud hujjatlarini internet tarmog‘ida e’lon qilishga qaratilgan “public…
  5. Sep 30, 2026⚖️ Ma’muriy ishlar bo‘yicha dastlabki eshituv joriy etildi Sud ishlarini ko‘rib chiqish ja…
  6. Sep 28, 2026📨 Sud tizimida “Gibrid pochta” xizmati joriy etildi Sudlarda chiquvchi xatlarni yuborish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →