⚖️ Sudlarda prokuror ishtirokini raqamlashtirish yo‘lida yangi imkoniyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Raqamli prokuratura — 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-204-son Farmoni 2-ilovasi 7-bandida “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifalardan biri — ma’muriy, jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlari va ularning metama’lumotlarini belgilangan tartibda elektron shaklda olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
📌 Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Adolat” axborot tizimlari kompleksida sud majlisiga prokurorni jalb qilish bo‘yicha tegishli funksional imkoniyat yaratildi.
🔗 Shuningdek, mazkur funksiya Bosh prokuraturaning axborot tizimi bilan integratsiya qilinib, sud va prokuratura organlari o‘rtasida tegishli axborot almashinuvini elektron shaklda amalga oshirish imkoniyati ta’minlandi.
💻 Mazkur raqamli yechim sud va prokuratura organlari o‘rtasidagi axborot almashinuvini yanada takomillashtirish, sud jarayonlarida prokuror ishtirokini elektron tarzda tashkil etish hamda “Raqamli sud” va “Raqamli prokuratura” tizimlarini o‘zaro integratsiyalashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Post #22
1.19K

- 👍 5
- ⚡ 1
- 👏 1