📨 Sud tizimida “Gibrid pochta” xizmati joriy etildi
Sudlarda chiquvchi xatlarni yuborish jarayonini soddalashtirish hamda xodimlarning vaqt va mehnat sarfini kamaytirish maqsadida elektron hujjat almashinuvi tizimi (EDO) orqali “Gibrid pochta” xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Endilikda xatlar suddan elektron shaklda pochta xizmatiga uzatiladi, pochta xizmati tomonidan chop etilib, konvertga joylanadi va qabul qiluvchining manziliga yetkaziladi.
Mazkur xizmat orqali:
🔹 xatlarni pochta xizmatiga tezkor yuborish;
🔹 sudlarda xatlarni chop etish va konvertlash ishlarini qisqartirish;
🔹 xodimlarning vaqti va mehnatini tejash;
🔹 yuborilgan xatlarning elektron ro‘yxatini yuritish va ularni qulay qidirish imkoniyati yaratiladi.
“Gibrid pochta” — sudlarda xatlarni jo‘natishning qulay va zamonaviy usuli.
Post #18
2.24K

- 👍 13
- 👏 5
- ⚡ 1