Ayni vaqtda yakuniy sud hujjatlarini internet tarmog‘ida e’lon qilishga qaratilgan “public.sud.uz” axborot tizimini texnik va funksional jihatdan takomillashtirish, tizim barqarorligini oshirish hamda foydalanuvchilar uchun qulayligini yaxshilashga qaratilgan kompleks ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan:
🔹 qidiruv natijalarini shakllantirish tezligi va aniqligini oshirish;
🔹 sud hujjatlariga biriktirilgan PDF fayllarni ochish va ko‘rish bilan bog‘liq texnik muammolarni bartaraf etish;
🔹 axborot tizimining yuklamalar ostida barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash;
🔹 ma’lumotlar bazasi va server infratuzilmasini optimallashtirish;
🔹 tizimning ayrim dasturiy komponentlarini yangi texnologik yechimlar asosida yangilash;
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sud hujjatlarini elektron shaklda ochiq e’lon qilishning o‘zi yetarli emas. Foydalanuvchi kerakli hujjatni tez topishi, uni ochishi va to‘liq o‘qish imkoniyati ham ta’minlanishi kerak. Shu nuqtai nazardan, bildirilgan tanqidiy fikrlar va takliflar axborot tizimini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Hozirda olib borilayotgan yangilanishlardan asosiy maqsad — faqat mavjud texnik muammolarni bartaraf etish emas, balki “public.sud.uz” axborot tizimini zamonaviy, barqaror, tezkor va foydalanuvchiga qulay elektron platformaga aylantirishdir.
Tizimdagi yangilanishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayrim texnik ishlar jarayonida tizimning muayyan funksiyalarida vaqtinchalik uzilishlar yoki ishlash tezligida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Foydalanuvchilar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar, takliflar va texnik kamchiliklar tegishli mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib, tizimni takomillashtirish ishlarida inobatga olinmoqda.
Post #21
953

- ⚡ 1
- 👍 1
- 👏 1