TGViewer
SUDLARDA RAQAMLASHTIRISH SUDLARDA RAQAMLASHTIRISH @raqamli_sud · 1.31K subscribers
Post #8 2.15K
Videokonferensaloqa tizimi orqali sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish xavfsizligi va kiberhimoya choralari

So‘nggi yillarda sud tizimida videokonferensaloqa vositalari orqali masofaviy sud majlislarini o‘tkazish keng joriy etilmoqda. Bu fuqarolar uchun qulaylik yaratsa-da, kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan jiddiy tahdidlarni ham keltirib chiqaradi. Sud jarayonining maxfiyligi, dalillarning yaxlitligi va ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari doimiy himoyani talab qiladi.

Asosiy xavf-tahdidlar:
🔹Ruxsatsiz shaxslarning videokonferensaloqaga kirishga urinishi
🔹 Uzatilayotgan audio-video oqimni ushlab qolish yoki tinglash
🔹 Soxta havolalar orqali ishtirokchilarni firibgarlik saytlariga yo‘naltirish
🔹 Tizimga DDoS hujumlari orqali Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini izdan chiqarish
🔹 Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari va hujjatlarining oshkor bo‘lishiga bo‘lgan urinish

Ko‘riladigan kiberhimoya choralari:
🔹 Har bir videokonferensaloqa sud majlisi uchun noyob, murakkab parol va online kutish funksiyasidan foydalanish
🔹 Ma’lumotlar uzatilishi jarayonida foydalanuvchi va server o‘rtasida shifrlashni qo‘llab-quvvatlaydigan sertifikatlangan dasturiy ta’minotdan foydalanish
🔹 Ishtirokchilarni ko‘p bosqichli autentifikatsiya (2FA) orqali tasdiqlash
🔹 Videokonferensaloqa dasturiy ta’minotlarini rasmiy vka.sud.uz veb havolasi orqali, oldindan tekshirilgan tarzda yuklash
🔹 Tizimni doimiy monitoring qilish va shubhali faoliyatni real vaqtda aniqlash
🔹 Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan sud majlisi yozuvlarini shifrlangan holda himoyalangan serverlarda saqlash va kirishni cheklash

❕Masofaviy sud jarayonlari axborot tizimlarini zamonaviylashtirish muhim bosqich hisoblanadi. Biroq bu jarayonning ishonchliligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning kiberxavfsizlik darajasiga bog‘liq. Texnik choralar bilan bir qatorda, sud xodimlari va fuqarolarning kiberxavfsizlik bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish ham ushbu tizimning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashning muhim omilidir.

✅Videokonferensaloqa tizimining kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olish, kiberhujumlarni aniqlash va ulardan himoya qilish, kiberhujumlarning oqibatlarini bartaraf etish, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot tizimlari hamda resurslari faoliyatining barqarorligini va ishonchliligini saqlash, shuningdek maʼlumotlarni kriptografik va texnik jihatdan himoya qilish chora-tadbirlari orqali ushbu tizimning kiberhimoyasi ta’minlanadi.

#RaqamliSud #OliySud #kiberxavfsizlik #Raqamlashtirish
  • 👍 3
  • ❤ 1
More from @raqamli_sud
  1. Oct 13, 2026#RaqamliSud #OliySud #Raqamlashtirish
  2. Oct 8, 2026🌐 Raqamlashtirish zamonida axborot tizimlarining o‘rni Bugungi kunda raqamlashtirish — fa…
  3. Oct 7, 2026⚖️ Sudlarda prokuror ishtirokini raqamlashtirish yo‘lida yangi imkoniyat O‘zbekiston Respu…
  4. Oct 6, 2026Ayni vaqtda yakuniy sud hujjatlarini internet tarmog‘ida e’lon qilishga qaratilgan “public…
  5. Sep 30, 2026⚖️ Ma’muriy ishlar bo‘yicha dastlabki eshituv joriy etildi Sud ishlarini ko‘rib chiqish ja…
  6. Sep 28, 2026📨 Sud tizimida “Gibrid pochta” xizmati joriy etildi Sudlarda chiquvchi xatlarni yuborish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →