TGViewer
SUDLARDA RAQAMLASHTIRISH SUDLARDA RAQAMLASHTIRISH @raqamli_sud · 1.31K subscribers
Post #7 2.28K
Oliy sud va “O‘zsuvta’minot” AJ axborot tizimlari integratsiya qilindi

Sud tizimida raqamlashtirish jarayonlarini yanada kengaytirish maqsadida “O‘zsuvta’minot” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilindi.

Mazkur integratsiya orqali suv ta’minoti sohasiga oid nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish, qarzdorlik holatini aniqlash hamda sud hujjatlarini olish jarayonlari avtomatlashtirildi.
Xususan, endilikda:
🔹 sudlarga kiritilgan da’vo arizalari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi onlayn tarzda aniqlanadi;
🔹 agar qarzdorlik sudgacha bo‘lgan bosqichda to‘liq bartaraf etilgan bo‘lsa, ushbu holat axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanib, da’vo arizasini qaytarish bilan bog‘liq jarayonlar raqamlashtiriladi;
🔹 “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan sudlarga murojaatlarni elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratildi;
🔹 sud tomonidan qabul qilingan sud hujjatlarini avtomatlashtirilgan tarzda elektron shaklda olish imkoniyati ta’minlandi.

✅ Natijada sudgacha bartaraf etilgan qarzdorliklar bo‘yicha ortiqcha sud jarayonlarini davom ettirishning oldi olinadi, hujjatlar aylanishi qisqaradi hamda sudlar va “O‘zsuvta’minot” AJ o‘rtasida axborot almashinuvi tezkorligi va ma’lumotlar aniqligi oshiriladi.
Mazkur integratsiya sud ishlarini avtomatlashtirish, inson omilini kamaytirish va sudlov jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamli muhitga o‘tkazish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib, ish samaradorligini oshirish hamda fuqarolar va tashkilotlar uchun ortiqcha ovora bo‘lish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

#RaqamliSud #OliySud #Integratsiya #Ozsuvtaminot #Raqamlashtirish
  • 🔥 5
  • ❤ 2
  • 👍 2
  • ⚡ 1
More from @raqamli_sud
  1. Oct 13, 2026#RaqamliSud #OliySud #Raqamlashtirish
  2. Oct 8, 2026🌐 Raqamlashtirish zamonida axborot tizimlarining o‘rni Bugungi kunda raqamlashtirish — fa…
  3. Oct 7, 2026⚖️ Sudlarda prokuror ishtirokini raqamlashtirish yo‘lida yangi imkoniyat O‘zbekiston Respu…
  4. Oct 6, 2026Ayni vaqtda yakuniy sud hujjatlarini internet tarmog‘ida e’lon qilishga qaratilgan “public…
  5. Sep 30, 2026⚖️ Ma’muriy ishlar bo‘yicha dastlabki eshituv joriy etildi Sud ishlarini ko‘rib chiqish ja…
  6. Sep 28, 2026📨 Sud tizimida “Gibrid pochta” xizmati joriy etildi Sudlarda chiquvchi xatlarni yuborish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →