⚡️ YANGI INTERAKTIV XIZMAT
Oliy sudning interaktiv xizmatlari portalida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “Sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlarni hisoblash” yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi.
Yangi xizmat orqali foydalanuvchilar sudga murojaat qilishdan oldin ish holatiga oid zarur ma’lumotlarni kiritgan holda, sun’iy intellekt yordamida nizoning huquqiy jihatlarini dastlabki tahlildan o‘tkazish, amaldagi qonunchilik normalari va kiritilgan ma’lumotlar asosida sud muhokamasi natijasining taxminiy ko‘rsatkichlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xizmat foydalanuvchiga nizoning mavjud holatini oldindan baholash, o‘z talab va vajlarining huquqiy istiqboli haqida umumiy tasavvur hosil qilish hamda sudga murojaat qilish bo‘yicha yanada asoslantirilgan qaror qabul qilishda ko‘maklashadi.
Sun’iy intellekt tomonidan shakllantiriladigan natijalar tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, sudning yakuniy qarorini belgilamaydi.
Sizning fikr va mulohazalaringiz biz uchun muhim @raqamlisudbot
Post #6
3.22K

- ❤ 4
- 👍 2
- 🔥 1