⚖️ SUDGA MUROJAAT QILISHDA YANGI IMKONIYAT
Iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda eksterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash imkoniyati yaratildi.
🔹 Iqtisodiy sudlarda — taraflarning kelishuviga asosan;
🔹 Ma’muriy sudlarda — arizachining ariza bilan birga taqdim etilgan iltimosnomasiga asosan amalga oshiriladi.
💻 Ishni ko‘rib chiquvchi sud avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali aniqlanadi. Bunda ariza taqdim etilgan sudning o‘zi tanlanishi istisno etiladi.
✅ Mazkur tartib sudga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirish, ishlarni sudlar o‘rtasida taqsimlashda inson omilini kamaytirish, xolislik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
#RaqamliSud #OliySud #Raqamlashtirish #Adolat #eksterritorial
Post #14
2.64K

- 👍 5
- ❤ 2
- ⚡ 1
- 👏 1