TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.13K subscribers
Post #3337 433
Biz haqiqat deb bilgan qarashlar kimga foyda keltiradi o'zi? Shu haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Subhadra Dasning "G‘arbni G‘arb qilgan 10 yolg‘on" kitobini o'qib chiqqach shu savol hech boshimdan chiqmay qoldi.

Biz vaqt, qonun, ilm-fan kabi tushunchalarni xolis, hamma uchun birdek ishlaydigan mezon deb qabul qilamiz. Muallif esa ulardan imperialistlar boshqa xalqlarni boshqarish, boyliklarini egallash va buni "taraqqiyot" deb ko‘rsatish uchun qanday foydalanilganini ilmiy tahlil qiladi.

Kitobni o‘qib, "qonuniy bo‘lsa, demak, adolatli" yoki "rivojlangan davlat aytyaptimi, demak, to‘g‘ri" degan qarashlar haqida o‘ylanib qolasan kishi. Axir bir fikrning hammaga singib ketgani uning haqiqat ekanini anglatmaydi. Shunday emasmi?

Kitobda tahlil qilingan bob(yolg'on)ning ba'zilarini tahlil qilib, sizlar bilan bo'lishib bormoqchiman. Kitob yaqin haftalarda UFQ nashriyoti tomonidan sotuvga chiqariladi.

➡️@qora_yigit
  • 🔥 7
  • ❤‍🔥 5
  • 👍 3
  • 👏 3
More from @qora_yigit
  1. Oct 8, 2026#videotaqriz Qurol-yarog'siz, faqatgina axborot va so'z orqali boshqariladigan zamonaviy j…
  2. Oct 8, 2026Kuzgi ertaklardan sarg'ish estalik, Oyni allalaydi tong beshiklari. Mening bag'rim hamda s…
  3. Oct 7, 2026Jeyn Ostin bu romanini avval “Birinchi taassurotlar” deb nomlagan. Muallif uni 1796-yilda,…
  4. Oct 7, 2026Sensiz men xi-xi emas 💔 ➡️@qora_yigit
  5. Oct 7, 2026Diqqat tanlov!👍 Biz kitobxonlik targʻibotini faqat kitoblar orqali qilmaymiz. Barcha inst…
  6. Oct 6, 2026#videotaqriz #youtube Rostdan ham, ularni bir nafasda va ketma-ket oʻqisangiz men videoda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →