TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.14K subscribers
Post #3333 822
Kuzgi ertaklardan sarg'ish estalik,
Oyni allalaydi tong beshiklari.
Mening bag'rim hamda sening dardingda,
Faqat muhabbatning bor eshiklari.

Lablaring ko'ksimda qonagan shafaq,
Botib borayapman ko'nglingga nurab.
Vayronazor bo'ldi boshdan oyog'i,
Boshlar oyog'inda, qarangiz, yo rab.

Erka yellar o'tar qo'ltiqlab xazon,
Xazon yillar o'tdi umrga do'nib.
Nimadir ingrandi yurak tomonda,
Nahot sensizlikka bo'lmaydi ko'nib?!

Ikkimiz ikkiyon, norozi qismat,
G'ichirlab irg'anar hijron beshigi.
Men seni kutaman, sen esa meni,
Ochilib turadi, hayot eshigi...

©️Muhiddin Nido

➡️@qora_yigit
  • 🔥 24
  • 💔 8
  • ✍ 5
  • 💋 5
  • ⚡ 1
More from @qora_yigit
  1. Oct 8, 2026#videotaqriz Qurol-yarog'siz, faqatgina axborot va so'z orqali boshqariladigan zamonaviy j…
  2. Oct 8, 2026Birburchak pinned a photo
  3. Oct 7, 2026Bugun kun ancha iliq boʻldi shekilli. Bobur haykalini oldi haliyam rosa gavjum. Yotvolib d…
  4. Oct 7, 2026Jeyn Ostin bu romanini avval “Birinchi taassurotlar” deb nomlagan. Muallif uni 1796-yilda,…
  5. Oct 7, 2026Sensiz men xi-xi emas 💔 ➡️@qora_yigit
  6. Oct 7, 2026Diqqat tanlov!👍 Biz kitobxonlik targʻibotini faqat kitoblar orqali qilmaymiz. Barcha inst…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →