TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.14K subscribers
Post #3331 1.03K
Jeyn Ostin bu romanini avval “Birinchi taassurotlar” deb nomlagan. Muallif uni 1796-yilda, atigi 20 yoshida yoza boshlagan. Keyinchalik asarni jiddiy qayta ishlab, tahrirlagan va 1811–1812-yillarda hozirgi “Andisha va gʻurur” nomini berishga qaror qilgan.

Lekin Jeynning otasi noshirga asarni birinchi variantda taklif qilganida qoʻlyozmani ko‘rishni ham istamay, taklifni darhol rad etgan. Oradan qariyb 16 yil o‘tibgina asar hozirgi nomida nashr etiladi. Asarning muammoli tarixi bu bilan tugab qolmagan.

Jeyn Ostin roman huquqini 150 funtga sotishni istagan, ammo noshir Tomas Egerton 110 dan qimmat olmasligini aytib shu narxga koʻndirgan. Romanning birinchi nashri esa kutilmaganda tez sotilib ketgan. O‘sha yilning o‘zida ikkinchi nashri ham sotilib ketib uchinchi bor nashr etishgan. Nashriyot vakillari qisqa muddatda juda katta foyda olishgan. Lekin mualliflik huquqi toʻliq noshirga sotilganligi sababli keyingi muvaffaqiyatdan Ostin deyarli hech qanday foyda koʻrmagan.

Moliyaviy foyda koʻrmagani yetmagandek ma’naviy va ruhiy lazzatdan ham uni mahrum etishgan. Ostin triklik paytida “Andisha va gʻurur”da uning ismi yozilgan holda nashr etilmagan. Xattoki Jeyn Ostin yangi bosilgan kitobini qo‘shnisiga o‘qib bergan, sovgʻa qilgan, ammo ular muallifi aynan u ekini bilishmagan…

Ba’zi sabablarga koʻra ana shunday tarixga ega, dunyo klassikasining durdonasini yana bir bor oʻqib chiqmoqchiman. Xoʻsh, oramizda bu asarni oʻqiganlar bormi? Asar haqidagi fikrlaringizni spoilersiz izohlarda yozib keting.


➡️@qora_yigit
  • ❤ 19
  • 🔥 14
  • ✍ 5
More from @qora_yigit
  1. Oct 8, 2026Birburchak pinned a photo
  2. Oct 8, 2026Kuzgi ertaklardan sarg'ish estalik, Oyni allalaydi tong beshiklari. Mening bag'rim hamda s…
  3. Oct 7, 2026Bugun kun ancha iliq boʻldi shekilli. Bobur haykalini oldi haliyam rosa gavjum. Yotvolib d…
  4. Oct 7, 2026Sensiz men xi-xi emas 💔 ➡️@qora_yigit
  5. Oct 7, 2026Diqqat tanlov!👍 Biz kitobxonlik targʻibotini faqat kitoblar orqali qilmaymiz. Barcha inst…
  6. Oct 6, 2026#videotaqriz #youtube Rostdan ham, ularni bir nafasda va ketma-ket oʻqisangiz men videoda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →