TGViewer
Birburchak Birburchak @qora_yigit · 7.18K subscribers
Post #3245 1.81K
#finished

Satoshi Yagisava – "Morisaki kitob do‘konida o‘tkazgan uzoq kunlarim"

Birinchi kitobda biz qahramon bilan birga qattiq dovuldan qochib, eski kitoblar hidi anqib turgan sokin bir boshpanada jon saqlagan edik. Ammo inson qanchalik charchamasin, yaralari qanchalik chuqur bo‘lmasin, butun umr yashirinib yashay olmaydi. Yagisavaning ikkinchi kitobi aynan shu muqarrar savolga javob izlaydi. "Xoʻsh, yaralar bitgach nima bo‘ladi? Sokinlikdan so‘ng-chi?"

Agar birinchi asar o‘z-o‘zidan qochish, shovqindan berkinish va sokinlikda o‘zini topish haqida bo‘lsa, ikkinchi qismni topilgan o‘sha "men"ni boshqalar bilan baham ko‘rish, ochiq hayotga qaytish deyish mumkin. Oldingi asar xulosasida Satoru amaki haqida xuddi shunday qariya bo‘lishni istaganimni yozgan edim. U yupatishga zo‘r bermaydigan, ammo doim yoningda bo‘ladigan ideal inson edi.

Ammo ikkinchi kitobda biz uning va rafiqasi Momokoning batamom boshqa qirrasini, pinhoniy og‘riqlarini ko‘rishimiz mumkin. Biz doim kuchli, suyanchiq deb bilgan, boshqalarni davolagan odamlarimizning ham o‘z yaralari, yillar davomida ichiga yutgan ko‘z yoshlari borligini his qildiradi ekan "Morisaki kitob do‘konida o‘tkazgan uzoq kunlarim"…

Kitobdagi muhit yana o‘sha-o‘sha. Sekin, shoshqaloqlikdan yiroq, qahva hidi va eski sahifalar shiviri bilan to‘la. Ammo endi bu sokinlik ichida hayotning muqarrar o‘zgarishlari, kutilmagan tashvishlar va ayriliq ohangi ham bor. Jinbochodagi eski kitoblar asrlar yashab, qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi mumkin, lekin inson hayoti unday emas, u nihoyatda o‘tkinchi. Aynan shu o‘tkinchilik sababli ham bizga berilgan har bir on, yaqinlarimiz bilan ichilgan har bir finjon qahva va aytilgan har bir so‘zning qadri yuz chandon oshadi.

Nazarimda birinchi asar adabiyotning "dardkashlik va tinglovchilik" xususiyatini ko‘rsatgan bo‘lsa, uning davomi insonlarni "birlashtiruvchi" kuchga urg‘u beradi. "Morisaki kitob do‘konida o‘tkazgan uzoq kunlarim" mutolaasi ichingizdagi yolg‘izlikni aritish bilan cheklanmaydi. U atrofingizdagilarning ham siz ko‘rmagan dardi borligini payqashga, ularga ko‘ngil ko‘zi bilan qarashga o‘rgatadi.

➡️@qora_yigit
  • ❤ 11
  • 🔥 9
More from @qora_yigit
  1. Oct 3, 2026Bugun shanba! Maza qilib maqtanchoqlik qiladigan kun. Lekin afsuski bugun maqtanishim uchu…
  2. Oct 2, 2026Eshitdik-da! 🚨 "DUNYO" seriyasidagi kitoblar soni 20 dan oshishi kutilmoqda ekan. Ushbu 4…
  3. Oct 2, 2026#hisobot ✔Sentyabrda oʻqigan kitoblarim va ular haqidagi fikrlarim quyidagilar: 1. 📚”Bo'r…
  4. Oct 1, 2026Post #3306
  5. Oct 1, 2026Ixtisoslashgan maktab internatda oʻqiyman. Haftada bir yakshanba uyga kelaman. Bahor, mart…
  6. Sep 30, 2026#finished Teodor Drayzer — “Amerika fojiasi”. 2-jild Birov sizga ishonsa, taqdirini siz bi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →