Shaxsiy mas'uliyat. O'z-o'ziga beriladigan baho borasida
natanielbrenden.comdan ayrim maslahatlar.O‘z-o‘ziga beriladigan bahoning sog‘lom darajasiga yetishmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizni boricha qabul qila olishingiz va o‘z qarorlaringiz hamda xatti-harakatlaringizdan cho‘chimasligingiz lozim.
Ammo o‘z-o‘ziga beriladigan bahoning shakllanish jarayonida boshqa bir muhim hislat ham mavjudki, u ko‘pincha nazardan chetda qoladi. Bu — o‘z kelajagingiz uchun masʼuliyatni o‘z qo‘lingizga olish qobiliyatidir.
Shaxsiy masʼuliyat bilan hayot kechirish uchun uch asosiy doirada o‘z xatti-harakatingizga erkin taʼsir ko‘rsata olishingiz kerak:
✔️ Maqsadlaringizga yetishishga ko‘maklashuvchi vazifani amalga oshirishga kirishish.
✔️ O‘z qarorlaringiz, tanlovlaringiz va xatti-harakatlaringiz uchun javobgarlikni qo‘lga olish.
✔️ Sizga yo‘l ko‘rsatuvchi qadriyatlarni izlash va ularni hech ikkilanishlarsiz qabul qilishda oilangiz, do‘stlaringiz yoki boshqalar bergan maslahatga ko‘r-ko‘rona ergashmasdan, o‘z fikringizga tayanish.
Shaxsiy mas’uliyat sizdan mashaqqatni, fikrlash va bir qancha mushkul qarorlar qabul qilishni talab etadi. Ko‘pchilik insonlar, bu — uddalab bo‘lmaydigan vazifa ekanligiga o‘zini ishontiradilar. Ba’zi insonlar o‘z muammolarida boshqalarni ayblaydi. Qolganlar esa kimdir kelib, barchasini hal qilib berishiga umid bog‘laydilar.
Yodda tuting: yelkangizdagi yuklarni boshqalar zimmasiga ortaversangiz, o’zingizga bo’lgan hurmat va ishonch qolmaydi.
Shaxsiy mas’uliyat sizga nimalarni taqdim etadi?
Shaxsiy masʼuliyat hayotga passiv yoki jabrdiyda inson nazari bilan boqish emas, balki hayotga faol munosabatda bo‘lishdir.
Quyidagi ikki savolni o‘zingizga bering — “ Oldimda qanday imkoniyatlar mavjud? Men nima qila olaman?”
Shaxsiy masʼuliyat hayotimizning barcha qirralarida qoniqishni tuyish va muvaffaqiyatni taʼminlashda ko‘maklashadi.
🟡 Biznesda muvaffaqiyat qozonadigan insonlar faqatgina ular uchun ajratilgan vazifalar bilan o‘zlarini cheklab qo‘yishmaydi. Ular tez-tez o’z sohasi doirasidagi bilimlarning rivojiga katta hissa qo’shadilar. Muvaffaqiyatli odamlar muammoga duch kelganlarida uni tahlil qilib, imkoniyat doirasidagi yechimni yaratadilar.
🟡 Shaxsiy munosabatlardan yuqori qoniqishni tuyadigan insonlar “Istagim…” deyish bilan cheklanib qolmaydilar. Ular so‘rashadi,”Istagimga erishish uchun nimalar qilishga tayyorman?” Ular rafiqasi, farzandlari va do‘stlari bilan yetarlicha vaqt sarflashga ahamiyat qaratishadi. Muloqotning ochiq yoki ochiqmasligini fahmlaydilar, o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etishadi va atrofdagilarning his-tuyg‘ulariga o‘z munosabatlarini bildirishadi, mojorolar bilan to‘qnashib, ularni hal etadilar.
💫
@getpsychedup