TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
244
Photos
917
Videos
125
Links
372

Showing posts older than #951 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #950 171
Seni sevaman deganning sevgisidan shubha qil, chunki ishq tovushsiz, sevgi tilsizdir...

#iqtibos Seni seviyorum diyenin sevgisinden şüphe et, çünkü aşk sessiz, sevgi dilsizdir…

👉 @getpsychedup
Post #949 134
Notanish kishiga tabassum hadya etish, hisobchiga rahmat aytish yoki kimgadir eshikni ochib turish- bu kabi kichik yaxshiliklar har qanday insonning butun kunini yoritishi mumkin va sizdan hech qancha urinishni talab etmaydi.🎈🎁

👉 @getpsychedup
Post #948 133
Samimiy kechirim so’rash

Uzr so‘rar ekanmiz, bu inson bilan munosabatlar va uning fikri - biz uchun qadrli ekanini bildirgan bo‘lamiz. Chin dildan kechirim so’rash “kechirasiz” deyish bilan cheklanmaydi. Greatergood bu borada o'z tavsiyalarini beradi.

⭕️ 1. Aybni tan olish.

Aybni ochiqchasiga tan olish-samimiy uzr so’rashning ajralmas qismidir, ammo ko’pchilik uzr so’rashda bunga yetarli darajada amal qilmaydi. Kechirim so’rash agar siz kim aybdor ekanligini, kimga zarar yetkazilganligini va aybning mohiyatini tan olganingizni ko’rsatsa, yaxshi qabul qilinadi. Misol uchun, “Men xato qildim.” deb aytish “Xatolarga yo’l qo’yildi, xato o’tdi.” deyishdan ko’ra samimiyroqdir, chunki bu javobgarlikni ma’lum shaxsga yo’naltiradi. Xuddi shuningdek, tushunarsiz izohlardan, misol uchun “Kechirasiz, uzr so’rayman, kecha nima degan bo’lsam ham.” deb aytib qo’ya qolgandan ko’ra aniq bir xatoga ishora qilish afzalroq: “Bema’ni hazil uchun uzr so’rayman.”

⭕️ 2. Tushuntirib berish.

Ba’zi hollarda aybni tushuntirish, ayniqsa, bu atayin qilinmaganligini va boshqa takrorlanmasligini yetkazib berishda foydali. Ammo, baxonalarga o’xshash yoki jabrlanuvchini ayblaydigan tushuntirishlar (misol uchun, “Siz haqiqatdan ham mening asabimga tegayotgan edingiz”) salbiy qabul qilinishi mumkin. Yetarli himoyani topa olmasangiz “O’z xatti-harakatlarimni oqlay olmayman.”-deyish yaxshiroq.

⭕️ 3. Pushaymonlik bildirish.

Biror kishini xafa qilganingizda uyalish yoki pushaymonlikni his qilish tabiiy hol. Bu his-tuyg’ularni ifodalab berishingiz yetkazilgan aziaytlarni tan olganingiz va afsuslanganingizni anglatadi. ”Qilgan ishim meni xarakterimga to’g’ri kelmasdi.”- shunga o’xshash iboralardan ehtiyot bo’ling, boisi bu kabi iboralar nima sodir bo’lganida to’liq ma’suliyatni his qilmayotganingizni anglatishi mumkin. Aksincha, buning o’rniga o’zingizdagi xafaragarchilikni va yaxshi tomonga o’nglanishga shay ekanligingizni bildiring.

⭕️ 4. Aybni yuvish uchun tuzatish kiritish.

Bunda ikkinchi tomonning fikrlaridan kelib chiqishga urining. O’z-o’zingizni jazolash faqat siz his qilayotgan aybni yengillatishi mumkin, xolos.

👉 @getpsychedup
Post #947 129
O'spirin yoshidagi bolalarning juda ko'p musiqa tinglashi depressiyadan qiynalishlariga sabab bo'lishi mumkin.

👉 @getpsychedup
Post #946 133
Yorug'lik hasta ko'zlarni qanday og'ritsa, saodat ham hasta ko'ngillarni shunday shoshirtirar. Hasta ko'zlardek hasta ko'ngillar uchun ham qorong'ilik afzaldir.

#iqtibos Rashod Nur Guntekinning "Choliqushi"asaridan

@getpsychedup
Post #945 130
Altruizm
Ushbu maqola yordamida siz 1️⃣ Nyu York metrosida qahramonlik ko'rsatgan altruist Uesli Autrey;

2️⃣Qo'rquv hissi va miyaning amigdala sohasi o'rtasidagi uzviy bog'liqlik;

3️⃣ Jorjtaun universitetining tadqiqotchi psixologi Abigeyl Marsh va uning hamkasblari tomonidan altruizm xulq-atvorini o'rganish maqsadida olib borilgan tadqiqot to'g'risida muhim va o'ta qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
Medium Altruizm Nega ba’zi insonlar boshqalardan ko’ra ko’proq altruistik xulq-atvorni namoyon qilishadi?
Post #944 125
Ba'zi odamlar xuddi bulutlarga o'xshaydi. G'oyib bo'lishlari bilan kun yorishib ketadi 🌤

👉 @getpsychedup
Post #943 120
Xato qilganingizni tan olish hurmatingizni oshiradi va yarashib olish jarayonini tezlatadi. O'z "men"ingizni isbotlashga urunish esa hech narsani hal qilmaydi.

👉 @getpsychedup
Post #942 129
Depressiyaga barham berishning 6 usuli

⭕️ Katta maqsadlarni kichiklari bilan almashtirish.

⭕️ Boshqalar bilan aloqada bo'lib, qiyinchiliklaringizni o'rtoqlashish.

⭕️ Mash qilish.

⭕️ Salomatlik uchun foydali mahsulotlarni iste'mol qilish.

⭕️ Fikrlaringizni tashtish qilishga ko'maklashuvchi psixologik asarlar mutolaa qilib turish.

⭕️ Lug'at boyligingizni oshirib borish sizni depressiyadan himoyalashi mumkin. U sizga o'z his-tuyg'ularingizni aniq ifodalay olish imkoniyatini beradi.

👉 @getpsychedup
Post #941 124

Forwarded from Intellekt

Dunyodagi eng qisqa IQ-test matematika boʻyicha boʻlib, bor-yoʻgʻi uch savoldan iborat. U Massachusets texnologiya instituti professori Sheyn Frederik tomonidan oʻylab topildi.

Olim savollar bir qarashda osondek tuyulishini qayd etgan. Javoblar tushuntirilganida ularning mantigʻini anglash oson, biroq toʻgʻri javob berish uchun aqlga birinchi boʻlib keladigan yechimdan voz kechish lozim.

@SuccessFairy
Post #940 136
Menda faqat bitta hayot bor va unda baxtli bo'lishga haqliman!

@getpsychedup
Post #939 128
Maqsad, niyat va kelajak rejalariga ega inson hayotiy dramalar uchun vaqt topolmaydi. Ular o'z energiyasini ijodkorlikka yo'naltirib, ijobiy hayot qurishga diqqat qaratishadi.

@getpsychedup
Post #938 1.62K
Hech ahamiyat berganmisiz, bolalar hamma narsaga hayrat ko'zi bilan qarashadi.
U skripka ovozini ilk bora tinglashi. Unga yoqqanini bildirmoqchi-yu, buni so'zlarda ifodalab bera olmayapti ☺️

@getpsychedup
Post #935 125
Bir yilda o'n beshta do'st orttirish oson. Ammo bir inson bilan do'stlikni 15 yil saqlab qolish tamoman o'zgacha.

@getpsychedup
Post #934 142
➕ Eng sara melanxolik qo’shiqlar beshtaligi.

“G’amgin deb talqin etilgan musiqa aslida qayg’uli hissiyotlar bilan birga ijobiy hissiyotlarni ham uyg’otgan. Shuningdek, musiqa sohasi bilan shug‘ullanadimi yoki yo‘qligidan qatʼiy nazar, qayg‘uli kuyni eshitgan insonlarning bari bu aralash hissiyotni birdek tuyishgan.

Bu mantiq muayyan asosga ega. Agar u bizga yolg’iz ayanchli hislarnigina tuydirgan taqdirda, nega g’amgin kuyni tinglashda astoydil davom etgan bo’lardik. U o’zimizni qaysidir darajada yaxshi his ettirmog’i ham lozim.

Shuningdek, tadqiqotchilar musiqa yoki san’at orqali tuyilgan qayg’uli kechinmalar rohatbaxsh bo’lishi mumkinligiga amin bo’lishdi, ehtimol bunga sabab real hayotdagi hissiyotlar titratib yubora olishi yoki ko’pincha bevosita titratishi (ham jismoniy, ham hissiy) mumkinligidan farqli o’laroq, u “ xavfsizligimizga chinakam xavf-xatar solmaydi.”

Darhaqiqat, tadqiqotchilar yana shuni qo‘shimcha qilishdiki, “Mabodo kundalik hayotda yuzaga keluvchi noxush hissiyotlar bizni qiynab qo‘ysa, g’amgin qo’shiq salbiy hissiyotlardan xalos bo‘lishimizga ko‘maklashishi mumkin.”
Medium Nega mahzun kuylar bizni o’ziga rom etadi Eng sara melanxolik qo’shiqlar beshtaligi.
Post #933 132
Nega mahzun kuylar bizni o’ziga rom etadi

Adelning musiqiy karyerasi parchalangan qalb janridagi balladalar asosiga qurilgan. Biroq aslida hech kim mahzun bo’lish va tushkunlikka tushishdan huzurlanmaydi. Shunday ekan, nega qayg’u va g’amgin tuyg’ular jo bo’lgan kuylarni sevib tinglaymiz? O’tgan bir necha o’n yilliklarda yaratilgan musiqiy xitlarga bir nazar soling: ayriliq, kuygan yurak, yolg’izlik hamda afsus-nadomat kuylangan qo’shiqlar soni yetarlicha.

Ehtimol mazkur xulq-atvorni tushuntirib beruvchi ilmiy izohlar mavjuddir.

Tokyo Sanʼat universitetida o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarda tadqiqotchilar 44 ta (musiqachi va bu sohadan bexabar) ishtirokchidan ham qayg‘uli, ham quvonchli kuyni tinglash va shundan so‘ng “musiqani idrok etish va o‘z hissiy holatlarini baholashni” so‘radilar.

Natijalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, mahzun tarona ularda “qarama-qarshi hissiyotlarni” uyg’otgan, bunga sabab ishtirokchilar bu g’amgin qo’shiq “uni tinglash mobaynida his qilayotgan o’z tuyg’ularidan ko’ra ayanchliroq, ijobiy va xushchaqchaq hissiyotlardan yiroq ekanligiga” amin bo’lishgan.

Boshqacha aytganda, ular tinglagan mahzun tarona o’z hayotlaridan ko’ra qayg’uliroq bo’lgan, bu esa o’z navbatida ishtirokchilarni o’z holatidan unchalik g’amgin bo’lmasliklariga sabab bo’lgan.

Bu biz oynayi jahon orqali yoki ko’chada bizdan ko’ra nochorroq insonlarni ko’rganimizda zum o’tmay his qilishimiz mumkin bo’lgan aybdorlik va shukronalik tuyg’ularidan farq qilmaydi. Turib-turib, o’zimcha mushohda qilaman, ko’plarning hayotida yo’q narsalar menda yetarlicha; nega aynib qolgan tuxumlardan nolib o’tiribman-a?

Bulardan tashqari, ishtirokchilar qayg‘uli musiqani ijobiy hissiyotlardan yiroq deb baxolashlariga qaramay, tadqiqotchilar yana shunga amin bo‘lishdiki,
YouTube Adele - Hello (Official Music Video) Listen to "Easy On Me" here: http://Adele.lnk.to/EOM Pre-order Adele's new album "30" before its release on November 19: https://www.adele.com Shop the "Adele" collection here: http://shop.adele.com ‘Hello' is taken from the new album, 25, out November…
Post #932 174
Ba'zida kayfiyatingizni ko'tarish uchun biroz raqsga tushishning o'zi kifoya. Bu jajji qizaloq hammaning kayfiyatini ko'tarishga erisha oldi.

@getpsychedup
Post #931 123
Lezyviye o'tkir bo'lsa ham, u daraxtni kesa olmaydi. Bolta buni eplay olsa-da, u bilan sochni qirqib bo'lmaydi. Har bir inson takrorlanmas xislatlar sohibidir. Agar ularning poyabzaliga havas bilan qarash niyatida bo'lmasangiz, biror kimsaga past nazar bilan qaramang.

@getpsychedup
Post #930 128
Qaylardadir sizni dunyodagi eng ajoyib inson deb biluvchi inson bor, shunchaki siz bundan bexabarsiz.

@getpsychedup
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →