Samimiy kechirim so’rash
Uzr so‘rar ekanmiz, bu inson bilan munosabatlar va uning fikri - biz uchun qadrli ekanini bildirgan bo‘lamiz. Chin dildan kechirim so’rash “kechirasiz” deyish bilan cheklanmaydi. Greatergood bu borada o'z tavsiyalarini beradi.
⭕️ 1. Aybni tan olish.
Aybni ochiqchasiga tan olish-samimiy uzr so’rashning ajralmas qismidir, ammo ko’pchilik uzr so’rashda bunga yetarli darajada amal qilmaydi. Kechirim so’rash agar siz kim aybdor ekanligini, kimga zarar yetkazilganligini va aybning mohiyatini tan olganingizni ko’rsatsa, yaxshi qabul qilinadi. Misol uchun, “Men xato qildim.” deb aytish “Xatolarga yo’l qo’yildi, xato o’tdi.” deyishdan ko’ra samimiyroqdir, chunki bu javobgarlikni ma’lum shaxsga yo’naltiradi. Xuddi shuningdek, tushunarsiz izohlardan, misol uchun “Kechirasiz, uzr so’rayman, kecha nima degan bo’lsam ham.” deb aytib qo’ya qolgandan ko’ra aniq bir xatoga ishora qilish afzalroq: “Bema’ni hazil uchun uzr so’rayman.”
⭕️ 2. Tushuntirib berish.
Ba’zi hollarda aybni tushuntirish, ayniqsa, bu atayin qilinmaganligini va boshqa takrorlanmasligini yetkazib berishda foydali. Ammo, baxonalarga o’xshash yoki jabrlanuvchini ayblaydigan tushuntirishlar (misol uchun, “Siz haqiqatdan ham mening asabimga tegayotgan edingiz”) salbiy qabul qilinishi mumkin. Yetarli himoyani topa olmasangiz “O’z xatti-harakatlarimni oqlay olmayman.”-deyish yaxshiroq.
⭕️ 3. Pushaymonlik bildirish.
Biror kishini xafa qilganingizda uyalish yoki pushaymonlikni his qilish tabiiy hol. Bu his-tuyg’ularni ifodalab berishingiz yetkazilgan aziaytlarni tan olganingiz va afsuslanganingizni anglatadi. ”Qilgan ishim meni xarakterimga to’g’ri kelmasdi.”- shunga o’xshash iboralardan ehtiyot bo’ling, boisi bu kabi iboralar nima sodir bo’lganida to’liq ma’suliyatni his qilmayotganingizni anglatishi mumkin. Aksincha, buning o’rniga o’zingizdagi xafaragarchilikni va yaxshi tomonga o’nglanishga shay ekanligingizni bildiring.
⭕️ 4. Aybni yuvish uchun tuzatish kiritish.
Bunda ikkinchi tomonning fikrlaridan kelib chiqishga urining. O’z-o’zingizni jazolash faqat siz his qilayotgan aybni yengillatishi mumkin, xolos.
👉 @getpsychedup
Post #948
133