Nega mahzun kuylar bizni o’ziga rom etadi
Adelning musiqiy karyerasi parchalangan qalb janridagi balladalar asosiga qurilgan. Biroq aslida hech kim mahzun bo’lish va tushkunlikka tushishdan huzurlanmaydi. Shunday ekan, nega qayg’u va g’amgin tuyg’ular jo bo’lgan kuylarni sevib tinglaymiz? O’tgan bir necha o’n yilliklarda yaratilgan musiqiy xitlarga bir nazar soling: ayriliq, kuygan yurak, yolg’izlik hamda afsus-nadomat kuylangan qo’shiqlar soni yetarlicha.
Ehtimol mazkur xulq-atvorni tushuntirib beruvchi ilmiy izohlar mavjuddir.
Tokyo Sanʼat universitetida o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarda tadqiqotchilar 44 ta (musiqachi va bu sohadan bexabar) ishtirokchidan ham qayg‘uli, ham quvonchli kuyni tinglash va shundan so‘ng “musiqani idrok etish va o‘z hissiy holatlarini baholashni” so‘radilar.
Natijalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, mahzun tarona ularda “qarama-qarshi hissiyotlarni” uyg’otgan, bunga sabab ishtirokchilar bu g’amgin qo’shiq “uni tinglash mobaynida his qilayotgan o’z tuyg’ularidan ko’ra ayanchliroq, ijobiy va xushchaqchaq hissiyotlardan yiroq ekanligiga” amin bo’lishgan.
Boshqacha aytganda, ular tinglagan mahzun tarona o’z hayotlaridan ko’ra qayg’uliroq bo’lgan, bu esa o’z navbatida ishtirokchilarni o’z holatidan unchalik g’amgin bo’lmasliklariga sabab bo’lgan.
Bu biz oynayi jahon orqali yoki ko’chada bizdan ko’ra nochorroq insonlarni ko’rganimizda zum o’tmay his qilishimiz mumkin bo’lgan aybdorlik va shukronalik tuyg’ularidan farq qilmaydi. Turib-turib, o’zimcha mushohda qilaman, ko’plarning hayotida yo’q narsalar menda yetarlicha; nega aynib qolgan tuxumlardan nolib o’tiribman-a?
Bulardan tashqari, ishtirokchilar qayg‘uli musiqani ijobiy hissiyotlardan yiroq deb baxolashlariga qaramay, tadqiqotchilar yana shunga amin bo‘lishdiki,
Post #933
132