"Hech kim kelmaydi..!"
Shaxsning o'z-o'ziga baho berish konsepsiyasi asoschisi sifatida nom qozongan psixolog Nataniel Branden shaxsiy mas'uliyat kishining o'ziga bo'lgan sog'lom munosabat tayanchlaridan biri ekanligini ta'kidlaydi.
Branden o'z so'zida davom etib, "Hech kim kelmaydi." degan faktni qabul qilishimiz bilan, mas'uliyatni chin dildan his eta boshlaymiz, deydi. Yaltiroq sovut kiygan hech qanday qayliq shahzoda yoki ritsar meni o'z vaziyatimdan qutqarish uchun kelmaydi. Hech qanday mutafakkir yoki o'qituvchi menga bor haqiqatni oshkor etish yoki yorug'likni ko'rsatish uchun kelmaydi. Hech qanday rahbar mening asl potensialimni anglash va uni mukofotlash hamda va'da qilingan joyga eltish uchun kelmaydi. O'z vaziyatimga ijobiy ta'sir o'tkazish faqat mengagina bog'liq. Va mas'uliyatni o'z bo'ynimga olishga va to'laqonli hayot kechirishga tayyorman.
Branden bu fikrlarni bir seminarda muhokama qilish chog'ida seminar ishtirokchilardan biri uni muammoli vaziyatga solmoqchi bo'ldi. Bu seminar ishtirokchisi mas'uliyatni qo'lga olish ahamiyatini tushunganligini, ammo "Hech kim kelmaydi." degan jumlaga ishonqiramay turganini aytdi.
"Siz hech kim kelmaydi dedingiz, biroq bu fikrlarni biz bilan bo'lishish uchun siz keldingiz-ku, axir?"-u shunday savol berdi. Branden bu savolga "Haa, men keldim. Lekin men sizlarga hech kim kelmasligini aytish uchun keldim!"-deb javob bergan ekan.
β @getpsychedup
Post #958
226