#hikoya
Muso va cho'ponMuso payg‘ambar bir yaylovdan o‘tayotganida bir cho‘ponga duch keladi.
Cho‘pon Xudoga nola qilib der edi:
“Ey Xudojon, sen qayerdasan, kel, sochlaringni tarayin, chorig‘laringni tikayin, naki o‘z jonim, balki qo‘ylarim, farzandlarim ham senga fido bo‘lsin. Qayerdasan, borib dastyoring bo‘lsam, sut qaymog‘im bilan qorningni to‘ydirayin, boshing og‘risa, boshingni silayin, yuz-qo‘lingdan o‘payin, oyoqlaringni uqalayin…"
Muso buni eshitib, cho‘ponni koyiydi:
“Ey ahmoq, kofir bo‘lding, Xudoning chorig‘i ham, to‘ni ham yo‘q, u yemaydi, ichmaydi, Uni o‘zingga o‘xshatma. U go‘yo quyosh, sen bir chivin…”
Cho‘pon Musoning bu gapidan qattiq xafa bo‘ladi va jimib qoladi.
Shunda Parvardigori olamdan Musoga vahiy keladi:
“Ey Muso, nima qilding, bandamizni bizdan ayirding, qo‘y aytsin, sen bandalarning dilini Parvardigorga ulash uchun yuborilgansan, ajratib tashlash uchun emas. Biz har odamga, har bir elga o‘z darajasida, o‘z tilida muhabbat izhor etish uchun imkon berdik. Hindlarni hind tilida, sindlarni sind istilohida so‘zlatdik”.
Cho‘ponning so‘zlari juda to‘pori, sodda. Cho‘pon Xudoni o‘ziga o‘xshatib tasavvur etadi. Ammo uning so‘zlari, muhabbati soxta emas, tama’, g‘arazga asoslanmagan. U bor-budini Xudo yo‘lida sarflashga tayyor. Albatta, yurakdan aytilgan gaplar qanday tilda bo‘lmasin aytuvchining sadoqatini ifodalaydi.
“Shuning uchun ham bir kishining og‘zidan asaldek to‘kilgan so‘z, boshqa birovning qulog‘iga zahardek tuyulishi mumkin”, dedi Shams Tabrizi.
“Holbuki, Alloh so‘zga emas, niyatga qaraydi.”
Oshiqning shariati ham, mazhabi ham Allohdir.
Elif Shafaq'ning "Ishq" kitobidan@pslog