Do’stim
Do’stim, men sira ko’ringanim kabi emasman…
Egnimdagi bu libos — meni sening savollaringdan qo’riqlash, seni esa mening beparvoligimdan asrash uchun ataylab tikilgan bir libos, xolos.
İchimdagi “men”, do’stim, sukunat uyida yashar, u bir umr o’sha yerda – ko'zdan uzoqlarda, olislarda qolib ketadi.
Sendan so’zlarimga ham, harakatlarimga ham ishonishingni so’ramayman. Chunki so’zlarim — sendagi fikrlarning aks-sadosi, harakatlarim esa sening istaklaring in’ikosi, xolos.
Mabodo sen menga: “Shamol g‘arbga qarab esyapti”, desang, men ham “Ha, g‘arbga qarab esyapti”, deyman. Chunki ruhim shamollar qo’ynida emas, balki dengizning bir tubida yashashini bilishingni xohlamayman.
Sen mening teran tushunchalarimni anglay olmaysan, men ham bunga umidvor emasman. Men dengizda tanxo qolishni istayman.
Sen asl haqiqatni, go’zallikni, to’g’rilikni yaxshi ko'rasan. Men ham, bu seni quvontirar deya, ularga qo’shilaman. Biroq, sen yoqtiradigan narsalarga ichimda kulgim keladi. Kulganimni ham ko’rmasang deyman. Men o’zim bilan o’zim kulishni xohlayman.
Do’stim, sen yaxshisan, o’qimishli, aqlli va bekamu ko'stsan. Men ham sen bilan aqilli va o’qimishli kishidek suhbatlashyapman. Lekin shuni unutmaki, men telbaman. Yagona telaba faqat o’zim bo’lishini xohlayman.
Do’stim, sen menga do’st emassan; Faqat buni senga qanday tushuntirib bersam ekan, bilmayapman. Aslida ikkimizning yo’limiz boshqa-boshqa, lekin bizlar qo’l ushlashib yuribmiz.
Halil Gibran "The Madman"
@pslog
Post #1778
338
- ❤ 6