Bog‘lanish nazariyasining asoschisi John Bowlby ham o‘zini anglash istagida bo‘lganmikan?
Insonlar nega psixolog bo‘lishadi yoki nega ma’lum bir nazariyaga asos solishadi?
Edison lampochkani ixtiro qilgani bilan Bowlby’ning bu nazariyani yaratishi o‘rtasida qandaydir ichki bog‘liqlik bormikan?
To‘rt yoshgacha otasi parvarishida bo‘lgan, keyin esa tashlab ketilgan bola qalbida paydo bo‘lgan ajralish hissi kelajakda shunday nazariyaga asos bo‘lishini kim o‘ylabdi deysiz?
Bog‘lanish nazariyasining yana bir muhim vakili Mary Ainsworth edi. Uning onasi qizining ta’limiga katta e’tibor bergan, hatto uch yoshida o‘qishni o‘rganishiga yordam bergan. Ammo ular orasida hissiy yaqinlik yetishmagan. Qizig‘i shundaki, bir-biridan bexabar holda bu nazariyani rivojlantirgan ikki olimning taqdirida umumiylik bor edi — hissiy aloqa yetishmagan bolalik.
Davomi bu yerda:
https://medium.com/@pulatovaaziza/nur-ortidan-375c148cc3eb
@pslog
Post #1763
272

- ❤ 3
- 👍 3