Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova
Psixologik memlar: @PsychMems
Post #1757
345
Aslida insonni dunyoda tutib
turguvchi katta kuch – bu uning ertangi kunga bo'lgan ishonchidir. Agarda uning shu yagona umidi, ya'ni ishonchi yo'qolsa, u uchun hamma narsa ma'nisiz bo'lib qoladi.
Anchagina taniqli bastakor va libretto yozuvchisi bo'lgan keksa yoshli hamrohim F. bir kuni menga shunday dedi: "Doktor, sizga bir narsani aytmoqchiman. G'alati bir tush ko'rdim. Tushimda bir ovoz menga nimani xohlasam o'shani so‘rashim mumkinligini, bilmoqchi bo'lgan narsamni bor-yog'i aytishni, har qanday savolga javob berishini aytdi. Men nimani so'raganimni bilasizmi? Urush men uchun qachon tugashini so‘radim. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz: aynan men uchun! Qachon konslagerdan qutulishimizni, azoblarimizga qachon nuqta qo'yilishini bilishni istamadim.”
– "Xo'sh, bu tushni qachon ko'rdingiz?" deya so'radim.
– "1945-yilning fevralida,” deb javob berdi. U tushini aytib berganda mart oyi boshlari edi.
– "Tushingizdagi ovoz sizga qanday javob berdi?”
– “30-mart,” deb pichirladi, xuddi buni birovdan yashirmoqchi bo‘lgandek.
F. bu tushni menga so'zlab berganda ko'zlarida umid uchquni porlab turar va tushida ko'rganlari haqiqat bo'lib chiqishiga ishonardi.
Ammo va’da qilingan kun yaqinlashgani sari, konslagerga oqib kelayotgan urush haqidagi xabarlar o‘sha kuni ozodlik berilishiga bizda shubha tug'dirdi.
29-mart kuni F. to'satdan og'irlashib yotib qoldi va isitmasi ko'tarila boshladi. O'zi uchun urush va azoblar poyoniga yetishi kerak bo'lgan kun, ya'ni 30-mart kuni, u hushidan ketib yiqildi. 31-mart kuni esa vafot etdi. Tibbiy sabablarga ko'ra, u Tif isitmasidan o'ldi.
Insonning ruhiy ahvoli — unda matonat va umidning bor-yo‘qligi — bilan tananing immun tizimi o'rtasida qanchalik yaqin bog'liqlik mavjudligini bilgan inson, umid va matonatning birdan so'nishi insonni jar yoqasiga olib borishi mumkinligini yaxshi tushunsa kerak. Do‘stimni bu dunyodan kasallik emas, umidsizlik va og‘ir ruhiy tushkunlik olib ketdi. U kutgan ozodlik kelmadi. Bu esa tanasining ichkarida yashirinib yotgan tifus infeksiyasiga qarshi kurashish qobiliyatini birdan susaytirib yubordi. Ertangi kunga bo'lgan ishonchi va yashash istagi so'ngan zahoti, tanasi ham kasallikka yengildi.
Man's Search for Meaning, Viktor. E. Frankl
@pslog

- 👍 4
- ❤ 2
- 💔 1
- 😭 1