Kattalar uchun yozilgan chuqur ma'noli ertak. Yozuvchi bu hikoyani yaratishda qadimgi yunon mifologiyasidagi Psixeya obrazidan ilhom olgan.
Voqea Rimda, mashhur rassom Rafael va buyuk haykaltarosh Mikelanjelo yashagan davrda kechadi. Kambag'al va iste’dodli bir haykaltaroshning boshdan kechirganlari, o'y-fikrlari bayon qilingan. U bitish arafasidagi haykallarini parchalar, hech qachon oʻz ishidan mamnun boʻlmas ekan.
Bir kuni u nihoyatda go‘zal bir qizni uchratadi. Qizning siymosi uning qalbiga muhrlanadi va unga ilhom beradi. U o‘sha qiz obrazida mukammal go‘zallik timsoli bo‘lgan haykal yaratadi.
Odamlar bu haykalni ko‘rib, hayratda qolishadi. Ammo ular faqat uning tashqi go‘zalligini ko‘rib, haykal ortidagi haqiqiy go‘zallik va san’atning asl mohiyatini anglashmaydi.
Haykaltarosh tuproqqa aylanadi, unutiladi.
"Psixeya esa abadiy yashaydi."
@pslog
