TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
247
Photos
911
Videos
125
Links
371

Showing posts older than #1217 · Back to latest

Older Posts 16 shown
Post #1212 425
Kulguning yangi qirralari
  • 👍 3
Post #1210 529
Turli millatlardan eng sara maqollar

1. Quyosh barchaning yelkasiga birdek nur sochadi. (Kuban xalq maqoli)

2. Kuniga bitta olma yesang, shifokorning keragi yo'q. (Ingliz xalq maqoli)

3. Hayot yangi yil archasi kabi. O'yinchoqlarini sindiradigan doim kimdir topiladi. (Italiyan xalq maqoli)

4. Hammaga do'st tutingan, hech kimga do'st bo'lmaydi. (Ingliz xalq maqoli)

Davomi...

@pslog
  • 👍 5
  • ❤ 1
Post #1206 323
  • 👍 3
  • ❤ 2
Post #1203 281
Baxtni topish uchun uni izlamaslik kerak, shunda uning o'zi keladi.

@pslog
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #1202 279
Axmoqlik tasodifan yuz beradi. Keyin esa u hayotning eng yaxshi dami bo'lib qoladi.

@pslog
  • 👍 3
Post #1201 308
Ta’qiqlangan meva totli

Agar odamga “Bunday qilmang”, “Mumkin emas”, degan gapni aytsangiz, shuning oʼzi ko’pincha odamda man etilgan ishni qilish istagini uygʼotishga kifoya qiladi. Bilishga intilish, nomaʼlumni bilish havasi butun insoniyatga xos istak hisoblanadi.

Man qilish faqat diqqatimizni jalb etib qolmay, balki “ta’qiqlangan mevaga” qiziqish ham uyg’otadi. Nomaʼlum narsa man qilinmaganda edi, u e’tiborimizni tortmagan ham boʼlardi.

Kartoshkaning Amerikadan Fransiyaga keltirilishi tarixi ham juda qiziq boʼlgan. Fransiyada kartoshka uzoq vaqtgacha ekilmay kelgan, ruhoniylar kartoshka haqida “shaytonning olmasi” degan gapni tarqatganlar, vrachlar uni sogʼliq uchun zararli narsa deb hisoblaganlar, agronomlar esa, kartoshka yerning kuchini soʼrib oladi, deb uqtirganlar.
Mashhur fransuz agronomi Antuan Parmante Germaniyada asirlik davrida kartoshkadan tayyorlangan har xil taomlarni oʼzi isteʼmol qilib, Fransiyaga qaytgach, oʼz vatanida ham bu ekinni ekib koʼpaytirmoqhi boʼladi, ammo uzoq vaqtgacha odamlarni avvalgi ishonchlaridan qaytarishning uddasidan chiqa olmaydi. Shunda u qiziq bir nayrang ishlatadi. U Fransiya qiroliga murojaat qilib, 1787-yilda qiroldan kam hosilli hisoblangan ozroq bir yerga kartoshka ekishga ijozat oladi. Parmantening iltimosiga binoan, qirol qoʼshinlarining qurollangan otryadi oʼzining toʼliq parad kiyimida kartoshka ekilgan maydonni qoʼriqlab turadi. Otryad faqat kunduz kuni qoʼriqchilik qiladi-yu, kechqurun qorongʼu tushishi bilan tarqatib yuboriladi. Buni qarangki, ta'qiqlangan meva odamlarning eʼtiborini darrov oʼziga tortadi va odamlar tunda kartoshka oʼgʼirlab, uni oʼz tomorqalariga ekishni boshlaydilar.
Parmante nayrang ishlatishdan faqat shunga erishishnigina oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan edi.


🚫 Ota-onalar koʼpincha ta’qiqlashning oʼzi bilan cheklanib, "qilma" deb talab qilishlarining sababini tushuntirib bermaydilar. Ta’qiqning asosli ta’qiq ekanligiga ishonmaslik uning toʼgʼriligiga shubha tugʼdiradi va odamda ta’qiqlangan ishni qilishga qiziqish uygʼotadi. “Olma daraxtlariga zaharli dori sepilgan, mevasidan yeyilmasin” degan yozuvli taxta osilgan olma daraxtlaridan mevasini yemoqchi boʼlgan odam topilarmikan?

@pslog
  • 👍 2
Post #1200 238
🌸 Baxt bu - salomatlikdir. Qolgan barchasini sotib olish, saqlab qolish, boshidan boshlash, unutish mumkin!

@pslog
  • ❤ 2
Post #1199 269
Bir finjon qahva iste’mol qilingandan so’ng butun organizmda qanday jarayonlar sodir bo’ladi?

Dastlabki 10 daqiqada…
Kofein moddasi qon tomirlarga kiradi. Yurak urishi va qon bosimi jadallashadi.

20 daqiqadan so’ng…
E’tiboringiz jamlanadi, sergakroq bo’la boshlaysiz. Qarorlar qabul qilish va muammolarni hal qilish osonlashadi. Bundan tashqari, kofein moddasi miyadagi adenozin retseptorlariga yetib borib, sizdagi charchoq hissini birmuncha kamaytiradi.

30 daqiqadan so’ng…
Tana ko’p miqdorda adrenalin ishlab chiqara boshlaydi. Bu ko’rish qobiliyatining kuchayishiga sabab bo’lishi mumkin, chunki ko’z qorachig’ingiz biroz kengayadi.

40 daqiqadan keyin…
Tanadagi serotonin miqdori oshadi. Bu o’z navbatida mushaklar kuchini oshiradigan motor neyronlar faoliyatini yaxshilaydi.

Davomi

@pslog
  • 👍 2
Post #1198 236
“Fillar hech qachon unutishmaydi” degan maqol ko’pchilikka yaxshi tanish bo’lsa kerak. Fil ko’rinishidan beso’naqay bo’lsa-da, aslida u yer yuzidagi eng ziyrak, hushyor va tabiati nozik jonivorlardan biridir. Fillarning xotirasi juda yaxshi. Fillar to’dasidagi o’ttiztacha filning yuzi yoki hididan bir-birini yaxshi taniy oladi. Ular o’zida kuchli taassurot qoldirgan insonlar va voqealarni bir necha yilgacha eslaridan chiqarmaydilar. Sirkda bir muddat birga tomosha ko’rsatgan fillar 23 yil o’tib qayta uchrashganlarida, bir-birini ko’rib behad quvonib ketishgan.

Biror sabab bilan o’lib qolgan filni podadagi sheriklari yerni kavlab ko’mib ketisharkan. Fillarning maxsus mozori ham bo’lar ekan. Fillar juda aqlli hayvon bo’lib, ularning IQ darajasi shimpanzelarniki bilan bir xil.

Biron falokat ro’y bergudek bo’lsa, ular bir-birlariga ko’maklashadilar. Fil jarohatlansa yoki xastalansa, sheriklari uni xartumi va tishlari bilan oyoqqa turg'izib, suyab, xavf-xatarsiz joygacha eltib qo’yadilar. Ular boshqa mavjudotlar haqida ham qayg’urishadi. Ishchi fillardan biri chuqur o'raga daraxt butalarini tashlashdan bosh tortgan vaziyat ham bo’lgan, odamlar buning sababini bilishsa, o’sha o’rada it uxlab yotgan emish. Mabodo, fil yaralangan odamni ko’rib qolsa, uni xartumi bilan silab dalda berishga shoshilar ekan. Filni jabrlasangiz, u buni aslo unutmaydi. Ko’p marta ozor bergan kishidan fil qasos olishi ham mumkin. Fil biron kimsaga mehr qo’ysa, uni hech yodidan chiqarmaydi.

https://youtu.be/lSXNqsOoURg
YouTube Why elephants never forget - Alex Gendler View full lesson: http://ed.ted.com/lessons/why-elephants-never-forget-alex-gendler It’s a common saying that elephants never forget. But the more we learn about elephants, the more it appears that their impressive memory is only one aspect of an incredible…
  • ❤ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →