TGViewer
Channel Public Channel
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎

@pslog

Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Subscribers
246
Photos
911
Videos
125
Links
371

Showing posts older than #1197 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1196 324
Hamma narsani orzu qilsa bo'ladi, ammo muvaffaqiyatni emas!

Jorj Maklorin 1948-yilda Oklaxoma universtitetiga qabul qilingan birinchi qora tanli talabadir. Uni oq tanli talabalardan alohida o‘tirishga majbur qilishgan edi. Ammo u o‘z nomini universtitet tarixida o‘tgan eng yaxshi uchta talaba ro‘yxatiga muhrlay oldi.

Maklorin aytadi:
"Kursdoshlarim menga hayvonga qaraganday qarashar edi. Men bilan hech kim gaplashmas edi. Domlalar ham xuddi men uchun kelishmaganday tutishar edi o‘zlarini. Savol bersam javob berishmas edi. Ammo men bor kuchimni ishga solib talabalarning barchasidan o‘zib ketdim. Endi ular bilmagan narsalarini mendan so‘rashga majbur edilar. Hamma narsani orzu qilsa bo‘ladi, ammo muvaffaqiyatni emas. Unga mehnat bilan erishiladi".

@pslog
  • 🔥 1
Post #1195 256
Bulutlar manzarasida yuz qiyofalari yoki turlicha ma'noli shakllarni ko'rganmisiz? Bu psixologik fenomen maxsus nom bilan pareydoliya deb ataladi.

Quyidagi video mazkur psixologik fenomenni yaxshiroq tasavvur qilishingizga yordam beradi 🎞

https://youtu.be/fLL78Wrp3QI
YouTube Pareydoliya Pishloqli sendvich uchun qancha haq to’lardingiz? 6 dollarmi? Ehtimol, ishtahani qitiqlab yuborar darajada issiq va qorningiz nihoyatda och bo’lgani uchun 7 dollar to’lagan bo’lardingiz? 2004-yilda AQShning Florida shtatidan bo’lgan Diana Dyuser o’zining…
  • 👍 2
Post #1194 235
Jeff Bezos, 1999-yil. Hozir u dunyoning eng boy odami hisoblanadi. Keyingi safar osongina taslim bo'lishdan oldin shu insonning hayot yo'lini esga oling.

@pslog
  • 👍 3
Post #1193 259
Narsissizmning kundalik hayotdagi manzaralari to‘g‘risida so‘zlar ekan, amerikalik faylasuf qiziq latifani esga oladi:
Yozuvchilardan biri ko‘chada tanishini to‘xtatib olib o‘zi haqida rosa uzoq va juda zerikarli hikoya qilib bo‘lganidan keyin: "Uzr, men o‘zim to‘g‘rimda ko‘p vaysab yubordim, shekilli. Kel endi senga o‘taylik. Mening oxirgi kitobim haqida fikring qalay?" deb so‘rarmish...

https://link.medium.com/B4jGBhWqdmb
Medium Narsissizm Selfi paydo bo’lishidan ancha ilgariroq qadimgi grek va rimliklarda o‘z shaxsiga mahliyo bo’lgan inson haqida afsonalar tarqalgan…
  • 👍 2
Post #1192 457
Hayotda eng muhimi..

Men besh yoshligimda onam doimo aytardilar, baxt — bu hayotda eng muhimi. Maktabga borganimda, mendan katta bo‘lganimda kim bo‘lmoqchiligimni so‘rashdi. Men shunday yozdim: "Baxtli inson bo‘lmoqchiman". Keyin menga savolni tushunmaganimni aytishdi, men esa ular hayotni tushunmasliklarini aytib javob qildim.

© Jon Lennon

@pslog
  • 👍 2
Post #1188 263
Animizm — har bir narsaning o'z ruhi, o'z joni bor degan tasavvur, qarash

#terminlar

@pslog
  • 👍 2
Post #1185 258
Rasmdagi haykal qayg'uga botgan ota-ona tomonidan yaratilgan. Odamlar bu haykalni "Bo'shliq" deb atashar ekan. Yodgorlikda o'z farzandidan judo bo'lgan ota-onaning ichki holati tasvirlangan.

@pslog
  • 👍 2
Post #1184 281
Multitasking — bu nima?

Biz bir vaqtning o‘zida YouTubeda videorolik tomosha qila turib, yozishmalarga javob beramiz. Biroq, tadqiqotchilarning fikricha, inson miyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarish qobiliyatiga ega emas. Bu multitasking (lotinchadan "multi" — ko‘p, inglizchadan "task" — vazifa) qobiliyat, go‘yo, aslida esa bir faoliyatdan boshqasiga tez-tez o‘tish miya faoliyati samaradorligini pasaytiradi.

💡 Turli vazifalarni bajarish davomida vaqti-vaqti bilan dam olib turish, ya'ni o'rtada tanaffuslar qilish diqqatingizni qayta jamlab, e'tiboringizni kuchaytirishga yordam beradi.

@pslog
  • 👍 2
Post #1182 257
Miya og'riq sezmaydi

Hech o'ylab ko'rganmisiz, neyrojarrohlar qay tarzda bosh miyada narkozsiz operatsiyalar o'tkazishadi? Shunchaki miyada og'riq sezuvchi retseptorlar mavjud emas.

Biroq, ular miya po'stlog'i va qon tomirlarida mavjud. Shu sababli, bosh og'riganda miyaning o'zi emas, uning atrofidagi to'qimalar og'riydi.

@pslog
  • 👍 2
Post #1180 384
✨ Go‘zallikni go‘zal qalblar ko‘ra oladi!

✨ Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa – bilki, hali tabiating toza ekan.

✨ Agar o‘zingdan boshqalarda ham go‘zallikni ko‘ra olsang – bilki, ichki dunyoying go‘zal ekan.

✨ Agar birodarlik rishtalarini muhofaza qila olsang – bilki, sen uchun nurli yo‘llarda doim hamroh topiladi.

✨ Agar o‘zingdan boshqalarga ham yaxshilik qila olsang – bilki, sen vafoga juda yaqinsan.

✨ Bilgin! Aybsiz do‘st qidirgan yolg‘iz yashaydi. Nuqsonsiz juft qidirgan bo‘ydoq o‘tadi. Qiyinchiliksiz yor istasang... istab yuraverasan.

✨ Labingni asosan ikki narsaga ishlat: Biri tabassum, ikkinchisi sukut.

✨ Tabassum mushkul ishlaringni hal qiladi.
✨ Sukut esa mushkul ishlarni o‘tkazib yuboradi.

— Shayx Sha’roviy rahimahulloh.

@pslog
  • 👍 2
Post #1178 436
Bolalar yashashni hayotdan o‘rganadilar...

Agar bola tanqid qilinaversa, u nafratlanishni o‘rganadi, agar bola adovatda yashasa, u tajovuzkorlikka o‘rganadi, agar bola masxara qilinsa, u indamas, odamovi bo'lib qoladi, agar bola hadeb tanqid qilinaversa, u o‘zini gunohkor his qilib o‘sadi.

Agar bola sabr-toqat, xotirjamlik bilan o‘stirilsa, u boshqalarni tushunishni o‘rganadi, agar bola qo‘llab-quvvatlansa, u o‘z kuchiga ishonishni o‘rganadi, agar maqtalsa, u minnatdor bo‘lmoqlikni o‘rganadi. Agar bola vijdoniylik va halollikda ulg‘aysa, u adolatli bo‘lishni o‘rganadi, agar xavfsizlikda yashasa, u insonlarga ishonishni o'rganadi.


"Tibbiyot psixologiyasi" kitobidan

@pslog
  • 👍 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →