🌿
Xavotirga qarshi eng yaxshi malham
Tevarak-atrofimiz salbiy ohangdagi shovqin-suronlarga to’la, boshimiz ham bundan mustasno emas. Ongdagi shovqinlardan eng balandi xavotir, farzandli bo’lganimdan buyon unga berilib qolish nechog’lik oson ekanligini angladim. Aslida, xavotir mehr bo’la olmasligini, aksincha, xavotirdan xalos bo’lish oilam va ish faoliyatim uchun eng to’g’ri qaror ekanligini yodda saqlashim zarur.
Xavotir bizning his-tuyg’ularimizga ta’sir etibgina qolmay, u hayotning mazmun va miqdor jihatdan o’sishiga yo’l bermaydi. Garvard universiteti tadqiqotchilarining aniqlashicha, qo’rquv va xavotir xromosomolarimizning pastki qismida joylashgan telomerlar deb ataluvchi proteinlarning yo’qolib borishiga, bu esa o’z navbatida qarish jarayonining tezlashuviga olib kelar ekan. Og’lim Leo bilan ko’proq umr kechirishni xohlayman, shuning uchun bu shovqinni o’zimdan daf qilmog’im zarur.
Xavotirga qarshi eng yaxshi malham uning ayni aks
i: “hozirgi vaqt” uchun shukronalik. Xavotir sizdan “Qanday yomonliklar yuz berishi mumkin? deb so’rasa, shukronalik sizga “Qanday yaxshiliklarning
chindan ham guvohi bo’lib turibsan? — deydi.
Sizni sevintiradiganlar — farzandlaringiz, orzu-istaklaringiz, iymon-e’tiqodingiz, xarakteringiz to’g’risida 10 ta jihatni yozish uchun 2 daqiqa vaqt ajrating. Chikago universiteti tadqiqotchilarning aniqlashicha, odamlar o’ylaganda o’zlari sevinadigan narsalar haqida bir necha daqiqa yozganlarida, ulardagi xavotir va zararli kortizol darajasi sezilarli darajada pasaygan. Va hayratlanarlisi shundaki, bu ularning xotira va o’ta muhim ko’nikmalarda o’tkazilgan sinovlardan muvaffaqiyatli o’tish ehtimolini 10–15 foizga oshirgan.
O’zingizdan ijobiy energiyani tarqatish va ongingizdagi salbiy shovqin-suronlarga quloq tutmaslik orqali hayotiy mazmun, muvaffaqiyat, tuganmas baxt va hattoki uzoq umrga yetaklovchi tovushlarga qaytadan hayot baxshida etishingiz mumkin.
Maqola muallifi: Shon Ekor
@getpsychedup