✨ Go‘zallikni go‘zal qalblar ko‘ra oladi!
✨ Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa – bilki, hali tabiating toza ekan.
✨ Agar o‘zingdan boshqalarda ham go‘zallikni ko‘ra olsang – bilki, ichki dunyoying go‘zal ekan.
✨ Agar birodarlik rishtalarini muhofaza qila olsang – bilki, sen uchun nurli yo‘llarda doim hamroh topiladi.
✨ Agar o‘zingdan boshqalarga ham yaxshilik qila olsang – bilki, sen vafoga juda yaqinsan.
✨ Bilgin! Aybsiz do‘st qidirgan yolg‘iz yashaydi. Nuqsonsiz juft qidirgan bo‘ydoq o‘tadi. Qiyinchiliksiz yor istasang... istab yuraverasan.
✨ Labingni asosan ikki narsaga ishlat: Biri tabassum, ikkinchisi sukut.
✨ Tabassum mushkul ishlaringni hal qiladi.
✨ Sukut esa mushkul ishlarni o‘tkazib yuboradi.
— Shayx Sha’roviy rahimahulloh.
@pslog
Post #1180
384

- 👍 2