Taāqiqlangan meva totli
Agar odamga āBunday qilmangā, āMumkin emasā, degan gapni aytsangiz, shuning oʼzi koāpincha odamda man etilgan ishni qilish istagini uygʼotishga kifoya qiladi. Bilishga intilish, nomaʼlumni bilish havasi butun insoniyatga xos istak hisoblanadi.
Man qilish faqat diqqatimizni jalb etib qolmay, balki ātaāqiqlangan mevagaā qiziqish ham uygāotadi. Nomaʼlum narsa man qilinmaganda edi, u eātiborimizni tortmagan ham boʼlardi.
Kartoshkaning Amerikadan Fransiyaga keltirilishi tarixi ham juda qiziq boʼlgan. Fransiyada kartoshka uzoq vaqtgacha ekilmay kelgan, ruhoniylar kartoshka haqida āshaytonning olmasiā degan gapni tarqatganlar, vrachlar uni sogʼliq uchun zararli narsa deb hisoblaganlar, agronomlar esa, kartoshka yerning kuchini soʼrib oladi, deb uqtirganlar.
Mashhur fransuz agronomi Antuan Parmante Germaniyada asirlik davrida kartoshkadan tayyorlangan har xil taomlarni oʼzi isteʼmol qilib, Fransiyaga qaytgach, oʼz vatanida ham bu ekinni ekib koʼpaytirmoqhi boʼladi, ammo uzoq vaqtgacha odamlarni avvalgi ishonchlaridan qaytarishning uddasidan chiqa olmaydi. Shunda u qiziq bir nayrang ishlatadi. U Fransiya qiroliga murojaat qilib, 1787-yilda qiroldan kam hosilli hisoblangan ozroq bir yerga kartoshka ekishga ijozat oladi. Parmantening iltimosiga binoan, qirol qoʼshinlarining qurollangan otryadi oʼzining toʼliq parad kiyimida kartoshka ekilgan maydonni qoʼriqlab turadi. Otryad faqat kunduz kuni qoʼriqchilik qiladi-yu, kechqurun qorongʼu tushishi bilan tarqatib yuboriladi. Buni qarangki, ta'qiqlangan meva odamlarning eʼtiborini darrov oʼziga tortadi va odamlar tunda kartoshka oʼgʼirlab, uni oʼz tomorqalariga ekishni boshlaydilar.
Parmante nayrang ishlatishdan faqat shunga erishishnigina oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan edi.
š« Ota-onalar koʼpincha taāqiqlashning oʼzi bilan cheklanib, "qilma" deb talab qilishlarining sababini tushuntirib bermaydilar. Taāqiqning asosli taāqiq ekanligiga ishonmaslik uning toʼgʼriligiga shubha tugʼdiradi va odamda taāqiqlangan ishni qilishga qiziqish uygʼotadi. āOlma daraxtlariga zaharli dori sepilgan, mevasidan yeyilmasinā degan yozuvli taxta osilgan olma daraxtlaridan mevasini yemoqchi boʼlgan odam topilarmikan?
@pslog
Post #1201
308
- š 2