TGViewer
𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎 @pslog · 247 subscribers
Post #1198 236
“Fillar hech qachon unutishmaydi” degan maqol ko’pchilikka yaxshi tanish bo’lsa kerak. Fil ko’rinishidan beso’naqay bo’lsa-da, aslida u yer yuzidagi eng ziyrak, hushyor va tabiati nozik jonivorlardan biridir. Fillarning xotirasi juda yaxshi. Fillar to’dasidagi o’ttiztacha filning yuzi yoki hididan bir-birini yaxshi taniy oladi. Ular o’zida kuchli taassurot qoldirgan insonlar va voqealarni bir necha yilgacha eslaridan chiqarmaydilar. Sirkda bir muddat birga tomosha ko’rsatgan fillar 23 yil o’tib qayta uchrashganlarida, bir-birini ko’rib behad quvonib ketishgan.

Biror sabab bilan o’lib qolgan filni podadagi sheriklari yerni kavlab ko’mib ketisharkan. Fillarning maxsus mozori ham bo’lar ekan. Fillar juda aqlli hayvon bo’lib, ularning IQ darajasi shimpanzelarniki bilan bir xil.

Biron falokat ro’y bergudek bo’lsa, ular bir-birlariga ko’maklashadilar. Fil jarohatlansa yoki xastalansa, sheriklari uni xartumi va tishlari bilan oyoqqa turg'izib, suyab, xavf-xatarsiz joygacha eltib qo’yadilar. Ular boshqa mavjudotlar haqida ham qayg’urishadi. Ishchi fillardan biri chuqur o'raga daraxt butalarini tashlashdan bosh tortgan vaziyat ham bo’lgan, odamlar buning sababini bilishsa, o’sha o’rada it uxlab yotgan emish. Mabodo, fil yaralangan odamni ko’rib qolsa, uni xartumi bilan silab dalda berishga shoshilar ekan. Filni jabrlasangiz, u buni aslo unutmaydi. Ko’p marta ozor bergan kishidan fil qasos olishi ham mumkin. Fil biron kimsaga mehr qo’ysa, uni hech yodidan chiqarmaydi.

https://youtu.be/lSXNqsOoURg
YouTube Why elephants never forget - Alex Gendler View full lesson: http://ed.ted.com/lessons/why-elephants-never-forget-alex-gendler It’s a common saying that elephants never forget. But the more we learn about elephants, the more it appears that their impressive memory is only one aspect of an incredible…
  • ❤ 1
More from @pslog
  1. Oct 9, 2026Agar Freyd, Alfred Adler yoki Karl Yung o‘z nazariyalarini o‘zbek xalq maqollari orqali if…
  2. Oct 5, 2026Fotih Duman allaqachon vafot etgan bo‘lsa kerak… Yozuvchining o‘zi aytishicha, u bilan yax…
  3. Sep 25, 2026“Nega menda shunaqa boʻlyapti?” “Nega ular yaxshi muloqot qila olmaydi?” “Menga qachon o'r…
  4. Sep 18, 2026Hayot ba’zan bir anjir daraxti misol qarshimizga mislsiz imkoniyatlarni chiqaradi. Biroq “…
  5. Sep 13, 2026“Ozorlama shirin joningni” Bir ko‘rgazmada ilig‘liq turgan bu sur’atda asl ismi Dino Segre…
  6. Sep 13, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →