“O‘sha kunlarga afsuslanaman” – Surxondaryo hokimi bilan tortishgan maktab direktori Umida Tursunova bilan suhbat
2023-yilning 26-iyulida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va shu tumandagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘rtasida tortishuv bo‘lgan edi. Shundan keyin direktor 15 sutkaga qamaldi, mahalladoshi tomonidan esa kaltaklandi.
Bu mojarolar ta’lim tizimi haqida gap ketganda haligacha tilga olinadi. Viloyat hokimiga qarshi chiqqan o‘qituvchining hozirgi taqdiri ko‘pchilikka qiziq edi. Gazeta muxbiri Sariosiyodagi 28-maktabda bo‘lib, uning direktori Umida Tursunova bilan suhbatlashdi.
“Aytadigan gapim balki kimgadir yoqmas, lekin hech qaysi ayolga bunchalik kurashib, sog‘ligini yo‘qotishni maslahat bermasdim. O‘zlariga qulay bo‘lgan joyda, yo‘l beradigan odamlar ichida ishlashlari tarafdoriman. O‘sha xotiralarimni hozir ham esalasam, xafa bo‘lib ketaman. Avvalroq shu ishdan voz kechib ketishim kerak ekan-da. Baribir yolg‘iz o‘zim hech narsa qilolmas ekanman”, – deydi Umida Tursunova.
Matn: https://www.gazeta.uz/uz/2026/10/01/28-maktab/
Video: https://youtu.be/rQvGzdUZNFI
Otabek Turdiyev
@gazetauzmaxsus
Post #1049
1.08K