TGViewer
Channel Public Channel
Aziz Mirzayev

Aziz Mirzayev

@pro_aim

Assalomu alaykum.

Men Mirzayev Aziz .Net va AI bo'yicha dasturchiman. Xozirda EPAM korxonasida faoliyat olib boraman.

Bu kanalda hayotimda bo'lib o'tayotgan yangiliklar, fikrlar va hulosalar bn baham ko'raman.

Me --> http://bit.ly/3Ek47E8
Subscribers
888
Photos
687
Videos
77
Links
871

Showing posts older than #1618 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #1616 516
Eng qiyini shu oynani qilib olish.

nvimda <leader>+g+t qilib oldim
  • ❤ 2
Post #1615 533
Bugun yahshi kun bo'ldi.
Bir necha PR lar yasadim. Meetinglarda qatnashdim.

Eng asosiysi vs code ochmadim =)

Xozir Ghostty + nvim + lazygit + o'zimmi custom fish functionlarni ishlattim.

Qarasam terminalda ham yashasa bo'larkan =)
  • 👍 7
Post #1613 452

Forwarded from shakhzod's lab (Shakhzod)

Korporativ portal loyihasiga 2 ta tajribasi bor (middle) backendchilarni UZINFOCOM'ga ishga olamiz. Rust o'rganish va WASM bilan ishlash talabi bilan.

Iltimos, CV'ni @aeshakhzod ga yuboring.
Post #1612 580

Forwarded from Dr. Algorithm

Maktab + SI + Rasm

Bugun farzandim maktabidan maktub oldim.


Ajablantirgani uchun bu haqida yozishni ma’qul topdim.

Maktab har yili farzandingiz rasmini qayerda chop etish mumkin ekani haqida ruxsat so‘raydi. Siz uning rasmini veb sahifada, ijtimoiy tarmoqda va hatto devoriy gazetada chop etish mumkin ekaniga ruxsat/rad berasiz.

Bir tomondan bu qulay, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqda ko‘rmaysiz.
Ikkinchi tomondan esa, jamoa bo‘lib safarga chiqishganida tushgan rasmlarini hamma ko‘ra olmaydi.

Endi esa yangilik!

Maktab bolalar rasmlarini olishda ularning yuzini rasmga olmaslik, ijtimoiy tarmoqqa qo‘ymaslikka o‘zi qaror qildi.


Hozirgi kungi SI davrida Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi muammo bo‘lib turgani uchun, DeepFace kabi narsalar chiqib ketgani uchun, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqqa chiqarmaslikni o‘zligi tavsiya qilishmoqda.

Maktab ma’muriyati esa, rasmlarni olishda imkon qadar yuz tushmaydigan yoki tanimaydigan qilib rasmga olishni yo‘lga qo‘ymoqda.

Texnologik yangilik Ta’limga juda kech kirib keladi, - deb o‘ylar edim.


Buni ko‘rib, hayratda qoldim. Ta’limga birinchilarga tatbiq qilishibdi.

04.09.2026 London
@DrAlgorithm
  • 👍 5
Post #1611 705
  • 😁 12
  • 🤣 5
Post #1610 764
Post #1609 539

Forwarded from 1% Bilim

Qanday qilib yetuk va bilimli farzandni tarbiya qilish mumkin?

"Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida sun'iy intellekt, tanqidiy fikrlash hamda ularning farzandlarga ta'siri haqida mehmonlarimiz Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Xurshid Maroziqov bilan suhbat tayyorladik.

Suhbat davomida siz:
- Farzandlarimiz texnologiyalardan to'g'ri foydalanmoqdami?
- Ularda sabrni qanday shakllantirish mumkin?
- Sun'iy Intellekt bilan sirlashish to'g'rimi?
- AI turmush o'rtoqlar orasidagi psixolog o'rnini bosa oladimi?
-Faol hayot tarzi qanday quriladi kabi savollarga javob olasiz


Kuzning ilk kunlarida ushbu suhbatni tomosha qiling:
https://youtu.be/0onf0pdCJ10

@alohidamavzu
  • 🔥 3
  • 👍 1
Post #1604 1.68K
  • 😁 29
Post #1603 1.48K
Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz Yaxshi oylik beradigan ishimni tashlab startap boshladim va... 1 yildan keyin butunlay sindim Do‘stlar, Reddit foydalanuvchisi o'zining og‘riqli hayotiy qarori haqida yozgan postini o'qidim. U X (Twitter) tarmog‘idagi chiroyli "Build in Public" postlaridan…
Qaymog'ini Sardor o'gani kanalida o'qilar =)
  • 😁 10
  • 👍 1
Post #1602 944

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

Yaxshi oylik beradigan ishimni tashlab startap boshladim va... 1 yildan keyin butunlay sindim

Do‘stlar, Reddit foydalanuvchisi o'zining og‘riqli hayotiy qarori haqida yozgan postini o'qidim. U X (Twitter) tarmog‘idagi chiroyli "Build in Public" postlaridan ruhlanib, yaxshigina maosh to'laydigan ishini tashlab startap qurishga kirishgan. 1 yil o‘tib esa bor haqiqatni ochiq yozibdi.

Bu voqea o'z startapini boshlamoqchi bo‘lgan har bir dasturchi uchun dars bo'lishi mumkin.

Muallif yo‘l qo‘ygan 3 ta katta xato:
• Komfort zona tuzog‘i: Ishdan bo‘shab, uydagilarning yoniga qaytgan va haddan tashqari qulaylikka berilgan. Kod yozish o‘rniga haftalab "nima qursam ekan" deb passiv tadqiqotlar bilan vaqt o‘tkazgan.

• Vakuumda kod yozish (No Validation): 4 oy davomida real mijozlar bilan umuman gaplashmay, o'zicha AI vositasini qurgan. Mahsulot bitgach sotishga uringanida esa ma’lum bo‘ldiki, u muloqot qilgan sotuvchilarda kompaniya budjetini ishlatish huquqi yo‘q ekan. Buning ustiga korporativ mijozlar SOC2 va GDPR xavfsizlik litsenziyalari bo‘lmagan solo-dasturchiga o‘z ma’lumotlarini ishonishmagan.

• 80% tayyor bo‘lganda to‘xtab qolish (Stalling): Ikkinchi startapida xatolaridan xulosa qilib, LinkedIn orqali 300 ta odamga DM yozib waitlist yig‘di. Lekin loyiha 80% tayyor bo‘lganida, bozorda xuddi shu konseptda 15 ta raqobatchini ko‘rib ruhan sindi va ishni yana orqaga sura boshladi.

Reddit hamjamiyatining "shafqatsiz" xulosalari:
• Waitlist — bu shunchaki qiziqish (Window Shopping): Odamlarning email qoldirishi hali pul to‘laydi degani emas. Haqiqiy signal — mijoz sizga o‘z kartasini chiqarib, birinchi to'lovni qilganida boshlanadi.

• "80% tayyor" — bu qochish: Agar loyiha 80% bitgan bo‘lsa-yu, uni hali ham chiqarmagan bo‘lsangiz, siz shunchaki launch qilishdan va bozordan tarsaki (feedback) yeyishdan qo‘rqyapsiz. MVPni darhol chiqaring, odamlar nima xohlashini taxmin qilmasdan ularni reallik bilan to‘qnashtiring.

• Raqobat borligi — yaxshi yangilik: 15 ta raqobatchi borligi u yerda bozor borligini, muammo uchun odamlar pul to‘lashga tayyorligini bildiradi. Ulardan nimadir kichik jihat bilan ajralib tursangiz kifoya.
  • 👍 5
Post #1601 968
Terminalda ishlash zo'rde.
2 ta command bilan nechta mouse click ishini bajarvorasan =)
  • 🔥 9
  • ❤ 1
Post #1600 636

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

"Meat proxy" - yangi termin ommalashayotgan ekan.

Ishxonadagi chatda kimdir nimadir so'rasa Claude/Chatgptning javoblarini copy/paste qilish ommalashayotgan ekan. Anashundaylarga atab meat proxy — "go'shtdan yasalgan vositachi" - nomi qo'llanilayotgan ekan.

CLaude/Chatgptdan hamma ham so'rab javob olishi mumkin bu qiyin ish emas.

X'da atama shov-shuvga aylandi. Texniklar meat proxy'larni "juda bezovta qiluvchi" va "birinchi bo'lib almashtiriladiganlar" deyishmoqda. Ba'zilar uchun bu — "2026-yilning eng katta karyera xavfi"dir.

Mantiq shafqatsiz, lekin adolatli: agar sizning butun hissangiz Ctrl+C → Ctrl+V bo'lsa, kompaniya nima uchun o'rtadagi "go'shtga" pul to'lashi kerak? To'g'ridan-to'g'ri AI'ga ulanadi-qo'yadi.

O'qi, tushun, tekshir, keyin O'Z so'zlaring bilan yoz. Bu — "men ishladim" degan sertifikat.

AI ishlatgan — aqlli. AI'ni o'qimasdan forward qilgan — meat proxy. Farqni bilib oling, aks holda 2026 sizni bilib oladi.
  • 🔥 5
  • 👍 3
  • ❤ 1
Post #1599 643
Yangi kirayotganlarga maslahat:
1. Algorithms and data structures;
2. System Design;
3. Design patterns.
Shularni ma'nosini tushunish kerak!

Bizku edirilib qo'lda qilib his qilganmiz. Sizlar esa bularni o'qib tushunib yodlab qolishilar kerak bo'ladi.
Qancha ko'p pet project qilib productionga olib chiqib hotya bi 3-4 o'rtoqlariz ishlatib ko'rishsa sizlarda opit paydo bo'ladi! Opit esa kelajakda qaror qabl qilishda katta rol o'ynaydi!

Shunga to'xtamasdan faqat gazzi bosish kerak!!!
  • 👍 9
Post #1598 592
Jahongir yaramasning ham gaplarida jon bor.
Qizilmi ko'kmi tanlash kerak...
Post #1597 347

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT

Dasturchi sifatida tanlov qilish vaqti keldi
It is time to make a bet

Oxirgi bir necha yillarda dasturchilar hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Ishimizning kattagina qismini AI agentlar qilib bermoqda. Biz kundalik qiladigan ish esa shu AI agentlar bilan gaplashish bo‘lib qoldi. 

Bu esa quyidagi narsalarni keltirib chiqarmoqda:

1. Brainrot: dasturlash qobiliyatimiz kundan kunga yomonlashib bormoqda. Bu tabiiy. Biror ishni qanchalik kam qilsangiz shu ishni qilish qobiliyatingiz yomonlashib boraveradi. 

2. Satisfaction yo'q: ishimizdan "kayf" olmayapmiz. Oldin maza qilib soatlab biror muammo ustida chalg‘imasdan ishlay olar edik. "Flow state" ga tushar edik. Ishimizdan qoniqish olar edik. Hozir esa shu effektni beradigan ishni AI agentlar qilmoqda.

Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki bu narsa yomon emasdir. Balki hozirgi vaqt shunchaki adaptatsiya vaqtidir va keyinchalik bu jarayon yakun topgach ishimiz yana bir bor "kayf" olib kelishni boshlar.

Yoki, aynan shu brainrot va qoniqish yo‘qligi bir necha yildan so‘ng juda katta og‘riqqa sabab bo‘ladi. Yillab sport bilan shug‘ullanmasdan bir kun zalga chiqib tosh ko‘targanda qanday ahvolga tushamiz keyingi kuni? Xuddi shu kabi. Ketib qolgan bilimni qaytarib olish juda qiyin va og‘riqli bo‘ladi. 

Shuning uchun ham menimcha tanlov qilish vaqti keldi.

Yo AI ni to‘liqligicha qabul qilamiz. AI agentlarga kod yozdirishda davom etamiz. Dasturlash qobiliyatlarimiz tushib ketishini qabul qilamiz. "Kayf" ni esa boshqa joydan qidiramiz. Menimcha bu boshqa joy "domain expert" bo‘lishda. Ya’ni qaysi sohada ishlasangiz o‘sha narsani zo‘r tushunishda. Bu "robotics" bo‘ladimi, "fintech" bo‘ladimi, "database" bo‘ladimi, "edtech" bo‘ladimi. Bu narsa oldin ham juda muhim edi. Shunchaki bundan buyog‘iga yanada muhimlashib borsa kerak.

Yo qandaydir "middleground" topish kerak. Balki "tab, tab, tab" usuli eng ma’qul keladigan usuldir, hozirgi zamon uchun. Ya’ni, oldingidek code yozishda davom etamiz, shunchaki funksiyani yoki birorta class ni yozish vaqti kelganda AI o‘zi to‘ldirib beradi. Natijada "high level" qismini o‘zimiz boshqaramiz, o‘zimiz yozamiz. Mayda-chuydani AIga beramiz. Review qilish ham ancha osonlashadi. Flow state ham yo‘qolmaydi. Tizim qanday ishlashini ham yodimizdan chiqarib yubormaymiz.

Aniq bilmayman. Hech kim bilmaydi. Lekin menga qobiliyatim tushib ketayotgani hech yoqmayapti. 

Shuning uchun ham men keyingi bir necha oy mobaynida o‘zim uchun bir domain tanlab o‘sha domain experti bo‘lishga harakat qilmoqchiman. Code yozishda esa shu "tab, tab" usulidan foydalanib yozmoqchiman. "Flow state" dan chiqib ketmaslik uchun bu jarayon tez bo‘lishi shart. Shuning uchun frontier modellar (Fable, Sol va hokazolar) to‘g‘ri kelmaydi chunki ular yaxshigina sekin ishlaydi. Balki DeepSeek Flash modellar mosroqdir bu ish uchun. 

Ko‘ramiz.

@jakhonrakhmonov
  • ❤ 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →