TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 888 subscribers
Post #1597 347

Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT

Dasturchi sifatida tanlov qilish vaqti keldi
It is time to make a bet

Oxirgi bir necha yillarda dasturchilar hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Ishimizning kattagina qismini AI agentlar qilib bermoqda. Biz kundalik qiladigan ish esa shu AI agentlar bilan gaplashish bo‘lib qoldi. 

Bu esa quyidagi narsalarni keltirib chiqarmoqda:

1. Brainrot: dasturlash qobiliyatimiz kundan kunga yomonlashib bormoqda. Bu tabiiy. Biror ishni qanchalik kam qilsangiz shu ishni qilish qobiliyatingiz yomonlashib boraveradi. 

2. Satisfaction yo'q: ishimizdan "kayf" olmayapmiz. Oldin maza qilib soatlab biror muammo ustida chalg‘imasdan ishlay olar edik. "Flow state" ga tushar edik. Ishimizdan qoniqish olar edik. Hozir esa shu effektni beradigan ishni AI agentlar qilmoqda.

Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki bu narsa yomon emasdir. Balki hozirgi vaqt shunchaki adaptatsiya vaqtidir va keyinchalik bu jarayon yakun topgach ishimiz yana bir bor "kayf" olib kelishni boshlar.

Yoki, aynan shu brainrot va qoniqish yo‘qligi bir necha yildan so‘ng juda katta og‘riqqa sabab bo‘ladi. Yillab sport bilan shug‘ullanmasdan bir kun zalga chiqib tosh ko‘targanda qanday ahvolga tushamiz keyingi kuni? Xuddi shu kabi. Ketib qolgan bilimni qaytarib olish juda qiyin va og‘riqli bo‘ladi. 

Shuning uchun ham menimcha tanlov qilish vaqti keldi.

Yo AI ni to‘liqligicha qabul qilamiz. AI agentlarga kod yozdirishda davom etamiz. Dasturlash qobiliyatlarimiz tushib ketishini qabul qilamiz. "Kayf" ni esa boshqa joydan qidiramiz. Menimcha bu boshqa joy "domain expert" bo‘lishda. Ya’ni qaysi sohada ishlasangiz o‘sha narsani zo‘r tushunishda. Bu "robotics" bo‘ladimi, "fintech" bo‘ladimi, "database" bo‘ladimi, "edtech" bo‘ladimi. Bu narsa oldin ham juda muhim edi. Shunchaki bundan buyog‘iga yanada muhimlashib borsa kerak.

Yo qandaydir "middleground" topish kerak. Balki "tab, tab, tab" usuli eng ma’qul keladigan usuldir, hozirgi zamon uchun. Ya’ni, oldingidek code yozishda davom etamiz, shunchaki funksiyani yoki birorta class ni yozish vaqti kelganda AI o‘zi to‘ldirib beradi. Natijada "high level" qismini o‘zimiz boshqaramiz, o‘zimiz yozamiz. Mayda-chuydani AIga beramiz. Review qilish ham ancha osonlashadi. Flow state ham yo‘qolmaydi. Tizim qanday ishlashini ham yodimizdan chiqarib yubormaymiz.

Aniq bilmayman. Hech kim bilmaydi. Lekin menga qobiliyatim tushib ketayotgani hech yoqmayapti. 

Shuning uchun ham men keyingi bir necha oy mobaynida o‘zim uchun bir domain tanlab o‘sha domain experti bo‘lishga harakat qilmoqchiman. Code yozishda esa shu "tab, tab" usulidan foydalanib yozmoqchiman. "Flow state" dan chiqib ketmaslik uchun bu jarayon tez bo‘lishi shart. Shuning uchun frontier modellar (Fable, Sol va hokazolar) to‘g‘ri kelmaydi chunki ular yaxshigina sekin ishlaydi. Balki DeepSeek Flash modellar mosroqdir bu ish uchun. 

Ko‘ramiz.

@jakhonrakhmonov
  • ❤ 1
More from @pro_aim
  1. Sep 25, 2026video post
  2. Sep 24, 2026https://youtube.com/shorts/gcdcaCoVuGo?si=AVwLLrb0JVHqnr3y Yangi oʻrganuvchilarga zoʻr ext…
  3. Sep 24, 2026Oddiy biznes o'smasa ham yashaydi, startap esa tez o'smasa o'ladi 😄 Saud aka to'g'ri ayti…
  4. Sep 24, 2026Shunga aytamande har bir ishingiz resumable bo'lishi kerak deb =) Hayotta hamma narsa bo'l…
  5. Sep 24, 2026Epamdagi bosslarni bossi gapirmoqdalar…
  6. Sep 24, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →