TGViewer
Aziz Mirzayev Aziz Mirzayev @pro_aim · 888 subscribers
Post #1602 944

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

Yaxshi oylik beradigan ishimni tashlab startap boshladim va... 1 yildan keyin butunlay sindim

Do‘stlar, Reddit foydalanuvchisi o'zining og‘riqli hayotiy qarori haqida yozgan postini o'qidim. U X (Twitter) tarmog‘idagi chiroyli "Build in Public" postlaridan ruhlanib, yaxshigina maosh to'laydigan ishini tashlab startap qurishga kirishgan. 1 yil o‘tib esa bor haqiqatni ochiq yozibdi.

Bu voqea o'z startapini boshlamoqchi bo‘lgan har bir dasturchi uchun dars bo'lishi mumkin.

Muallif yo‘l qo‘ygan 3 ta katta xato:
• Komfort zona tuzog‘i: Ishdan bo‘shab, uydagilarning yoniga qaytgan va haddan tashqari qulaylikka berilgan. Kod yozish o‘rniga haftalab "nima qursam ekan" deb passiv tadqiqotlar bilan vaqt o‘tkazgan.

• Vakuumda kod yozish (No Validation): 4 oy davomida real mijozlar bilan umuman gaplashmay, o'zicha AI vositasini qurgan. Mahsulot bitgach sotishga uringanida esa ma’lum bo‘ldiki, u muloqot qilgan sotuvchilarda kompaniya budjetini ishlatish huquqi yo‘q ekan. Buning ustiga korporativ mijozlar SOC2 va GDPR xavfsizlik litsenziyalari bo‘lmagan solo-dasturchiga o‘z ma’lumotlarini ishonishmagan.

• 80% tayyor bo‘lganda to‘xtab qolish (Stalling): Ikkinchi startapida xatolaridan xulosa qilib, LinkedIn orqali 300 ta odamga DM yozib waitlist yig‘di. Lekin loyiha 80% tayyor bo‘lganida, bozorda xuddi shu konseptda 15 ta raqobatchini ko‘rib ruhan sindi va ishni yana orqaga sura boshladi.

Reddit hamjamiyatining "shafqatsiz" xulosalari:
• Waitlist — bu shunchaki qiziqish (Window Shopping): Odamlarning email qoldirishi hali pul to‘laydi degani emas. Haqiqiy signal — mijoz sizga o‘z kartasini chiqarib, birinchi to'lovni qilganida boshlanadi.

• "80% tayyor" — bu qochish: Agar loyiha 80% bitgan bo‘lsa-yu, uni hali ham chiqarmagan bo‘lsangiz, siz shunchaki launch qilishdan va bozordan tarsaki (feedback) yeyishdan qo‘rqyapsiz. MVPni darhol chiqaring, odamlar nima xohlashini taxmin qilmasdan ularni reallik bilan to‘qnashtiring.

• Raqobat borligi — yaxshi yangilik: 15 ta raqobatchi borligi u yerda bozor borligini, muammo uchun odamlar pul to‘lashga tayyorligini bildiradi. Ulardan nimadir kichik jihat bilan ajralib tursangiz kifoya.
  • 👍 5
More from @pro_aim
  1. Sep 25, 2026video post
  2. Sep 24, 2026https://youtube.com/shorts/gcdcaCoVuGo?si=AVwLLrb0JVHqnr3y Yangi oʻrganuvchilarga zoʻr ext…
  3. Sep 24, 2026Oddiy biznes o'smasa ham yashaydi, startap esa tez o'smasa o'ladi 😄 Saud aka to'g'ri ayti…
  4. Sep 24, 2026Shunga aytamande har bir ishingiz resumable bo'lishi kerak deb =) Hayotta hamma narsa bo'l…
  5. Sep 24, 2026Epamdagi bosslarni bossi gapirmoqdalar…
  6. Sep 24, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →