TGViewer
Channel Public Channel
1% Bilim

1% Bilim

@birfoizbilim

Birga o’zgaramiz. 1% bo’lsa ham. 🔒 Premium kanalda o'zimni kundalik bilganlarim, oqigan kitoblarim haqida gaplshamiz. Kanalga @birfoizbot orqali a’zo bo’Iinadi. — 💬 Umumiy masalalar, takliflar bo’yicha @birfoizSupport ga yozing.
Subscribers
14.2K
Photos
211
Videos
84
Links
162
Recent Posts 19 shown
Post #682 4.39K
1968-yil.

Dunyo bo'yicha maktab yoshidagi bolalar soni 303 million nafar edi.

Shulardan bor-yo'g'i 300 nafari elita (kompyuter sotib olishga kuchi yetgan) Sietldagi Lakeside maktabida o'qigan.

Bill Geyts ana shu bir milliondan bir imkoniyat ichida bo'lgan.

Geytsning gapi bor… "Lakeside bo'lmaganda, Microsoft ham bo'lmasdi".


Endi boshqa tomoni…


Aynan shu maktabda uning eng yaqin do'sti Kent Evans ham o'qir edi.

Bill va Kent birgalikda kompaniya tuzishni reja qilishadi…

Ammo Kent maktabni tugatmasdan tog'dagi baxtsiz hodisada vafot etadi.

Maktab o'quvchisining tog'da halok bo'lish statistikasi ham qariyb milliondan birga teng.

Gates milliondan bir imkoniyatga duch keldi, kent esa milliondan bir xatarga uchradi.



Hauzel aytadiki har qanday natijada shaxsiy harakat bilan birga inson nazoratidan tashqaridagi omillar ham qatnashadi. Xulosa o'zingizga havola.

@birfoizbilim
Post #680 6.16K
Kecha Alians Biznes egalari klubida Biznesda qayerda AI ni ishlatmaslik kerak degan mavzuda ma’ruza qildim.

Dunyoda umumiy AI adaptatsiya 89% ga chiqibdi oxirgi McKenzie tadqiqotida. («kamida bir bo’g’inda AI ishlatyapman» degan rahbarlar). Shu tendensiya O’zbekistonda ozgina pastroq.

Biznesda hodimlar samaradorligi oshyapti, qaror qilish tezlashyapti, lekin EBIT (operatsiyon foyda) da bu narsa ko’rinmayapti. Shular va boshqa ko’p narsalar haqida gaplashdik.
Post #677 6.95K
1% Bilim Fargʻona ahli, aslo bu 2 kunni oʻtkazib yubormang! Ustoz Najot Nurning 2 kunlik intensiv treningida nutqingizdagi 30 ga yaqin muammoga yechim topasiz! Bu treningda siz: ✔️ ravon va ta’sirli nutq qurishni; ✔️ fikrni aniq va tushunarli yetkazishni; ✔️ hayajonni…
O’zim Assodiq kursida o’qiganman O’zbekistonda.
Endi bu kursga ham yozildim.
Post #676 6.67K

Forwarded from Asliddin l Najot Nur

Fargʻona ahli, aslo bu 2 kunni oʻtkazib yubormang!

Ustoz Najot Nurning 2 kunlik intensiv treningida nutqingizdagi 30 ga yaqin muammoga yechim topasiz!

Bu treningda siz:
✔️ ravon va ta’sirli nutq qurishni;
✔️ fikrni aniq va tushunarli yetkazishni;
✔️ hayajonni boshqarishni hamda omma va kamera qarshisida erkin chiqish qilishni o‘rganasiz.

12-13 sentabr kunlari Fargʻonada sizni haqiqiy tajriba va 100% ishlaydigan amaliy texnikalar kutmoqda.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting!

🔗 intensiv.najotnur.uz
🔗 intensiv.najotnur.uz
🔗 intensiv.najotnur.uz
Post #675 6.71K
yetarli darajadagi past ishonch sizni realistik bo'lishga undaydi...

undan kamrog'i harakatsiz qiladi,

haddan oshig'i xomhayol qiladi.

@birfoizbilim
Post #674 9.63K
Bugun Yandex Uzbekistan va MLC uyushtirgan tadbirda real biznesda AI implementatsiyasi bo’yicha ML (Mashinaviy O’rganish) o’rganuvchilari va mutahassislariga ma’ruza qildim.

Umumiy vayb juda yoqdi.

Eng yoqqani, bu communityda ayol va qizlar ham sekin ko’payib borayotgani bo’ldi.

@birfoizbilim
Post #673 8.06K
Qanday qilib yetuk va bilimli farzandni tarbiya qilish mumkin?

"Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida sun'iy intellekt, tanqidiy fikrlash hamda ularning farzandlarga ta'siri haqida mehmonlarimiz Hasanxon Yahyo Abdulmajid va Xurshid Maroziqov bilan suhbat tayyorladik.

Suhbat davomida siz:
- Farzandlarimiz texnologiyalardan to'g'ri foydalanmoqdami?
- Ularda sabrni qanday shakllantirish mumkin?
- Sun'iy Intellekt bilan sirlashish to'g'rimi?
- AI turmush o'rtoqlar orasidagi psixolog o'rnini bosa oladimi?
-Faol hayot tarzi qanday quriladi kabi savollarga javob olasiz


Kuzning ilk kunlarida ushbu suhbatni tomosha qiling:
https://youtu.be/0onf0pdCJ10

@alohidamavzu
Post #672 6.97K
Mustaqilligimizning 35-yilligi muborak bo’lsin!

Barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman.

@birfoizbilim
Post #667 7.54K
Parkovkada moshinada o’tribman…

Maktabga bozorlikka endi pul yoki vaqt topib kanselariya do’koniga kirib ketayotgan ota va bolaga ko’zim tushadi…

Moshinada esa podcastda John Lennox gapiryapti…

robotlar va aqlli tizimlar tez orada millionlab insonlarni butunlay ishsiz va daromadsiz qoldiradi…

hozirda odamsimon robotlar fabrikalarda odamlardan ko'ra ancha samarali va uxlamasdan ishlay boshladi…

yaqin kelajakda hatto advokatlar, dasturchilar va ijodkorlar ham o'z ish o'rinlaridan to'satdan ayrilishadi…

ushbu muammo boylar va kambag'allar o'rtasidagi farqni yanada kattalashtiradi…


Esingizda bo’lsin, bu podcastdagi odamlar G’arb ongi bilan o’ylayotgan musulmon bo’lmagan odamlar.



@birfoizbilim.
Post #666 9.54K
Ikkita bir xil odamni topa olmaysiz. Hattoki bitta odamda ham…

- Mahmud Darvish



@birfoizbilim
Post #665 12.9K
Boshqalarni qancha pul topishiga rosa qiziqamiz, musobaqalarda o’rin olishga qiziqamiz…

Aynan shu narsani monetizatsiya qilish, ya’ni pul topadigan narsaga aylantirish mumkinmi?

Asadbek va Muhammadsaid degan ukamiz shu narsaga harakat qilib korishibdi va bu ishlayabdi manimcha 🙂

Chunki hozircha 12 soatda 1200$ ga yaqin pul ishlavoldi bular. soatiga 100$ ))

Proyekt - Sindr.uz (nomiyam yoqdi)

bizneslar o’zini biznesini pulga reklama qiladi… va reklama o’rinlari sotiladi. 1-2-3-o’rin qanaqadir mahsulotingiz yaxshiligi uchun emas, soqqez borligi uchun beriladi. Masalan NestOne ni tepasiga reklama qo’yaman desangiz ham, shu kriteriya ishlaydida. Soqqez bormi reklama qo’yasiz.

Kirib koringchi qancha soqqa qilibdi ekan bu bolapaqirlar. Man kirganimda 16 mln edi.

@birfoizbilim
Post #663 9.7K

Forwarded from Biznes Nonushta

🌟 Biznes Nonushta | 9-son

🗣 Spiker: Xurshid Maroziqov

🎙 Masterklass mavzusi: «AI’ning biznesdagi o‘rni»

💡 Biznes nonushta — networking, tajriba almashish va birgalikda rivojlanish maydonidir.

🤝 Tadbir barcha turdagi tadbirkorlar, investorlar, jamoa boshqaruvi bilan shug‘ullanayotganlar hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini biznesga tatbiq etishni istaganlar uchun juda qiziqarli va foydali bo‘ladi.


☕️ Menu: Kamtarona nonushta

🗓 Kun: 23-avgust (yakshanba)

🕙 Vaqt: 10:00

📍 Manzil: C-Space, Shukrona ko'chasi 30

❗️ Joylar soni cheklangan!

📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

Telegram: @bn_nonushta

— Telefon: +998 77 741 18 36
Post #662 10.2K
Yakka kurash yoki jang san’ati muxlisi bo’lmasam ham, Lex va Habib Nurmugamedov o’rtasidagi suhbatni mazza qilb ko’rdim.

Tavsiya qilaman.

Ota, tarbiya, Xudo va boshqa ko’plab masalalarda Habibni yangidan kashf qildim.

Chuqur hayot falsafasi, intizom kabi jihatlarda o’rganadigan narsamiz ko’p undan.

Aytgancha, Lex ni ham alohida hurmat qilaman. Lex ni Tojikistonda tug’ilganligini yaqinda bildim…

PS: Lex juda ko’p insonlar bilan podcast oladi. Ilon Musk, Omar Soleiman, bir nachta prezidentlar, va h.k.

@birfoizbilim
Older posts →

About this channel

How can I read @birfoizbilim without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for 1% Bilim: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does 1% Bilim have?
1% Bilim (@birfoizbilim) has 14.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does 1% Bilim know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →