TGViewer
Channel Public Channel
ML Community Uzbekistan

ML Community Uzbekistan

@mlc_uz

Hello, World!🌻
O’zbekistondagi birinchi va yagona Sun’iy Intellekt Hamjamiyatiga xush kelibsiz! 🤠

Biz bilan bog’lanish: @mlc_direct @shakhrior_kh
Subscribers
3.71K
Photos
601
Videos
48
Links
317
Recent Posts 7 shown
Post #916 3.12K
💧 Suv xo‘jaligi sohasidagi startaplar uchun imkoniyat!

Suv resurslarini boshqarish, tejash yoki suv xo‘jaligi tizimini yaxshilashga qaratilgan innovatsion loyihangiz bormi? Unda loyihangizni bizga taqdim eting!

Quyidagi havola orqali loyiha taqdimotingizni yuboring va:
🔹 loyihangizni qo‘llab-quvvatlash;
🔹 tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
🔹 yechimingizni amaliyotga integratsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ling

🔗 Loyihani yuborish: [havola]

Loyihangiz suv xo‘jaligi kelajagini o‘zgartirishi mumkin

Website | Telegram | Instagram |LinkedIn
  • 🏆 6
  • ⚡ 2
Post #915 1.85K
AI ish jarayonlarini o‘zgartiryapti. Sizning jamoangiz-chi?

ML Community Uzbekistan kompaniyalar va jamoalar uchun AI bo‘yicha korporativ ta’lim dasturlarini taklif qiladi.

Avval kompaniyalar bilan o‘tkazilgan o‘quv dasturlarimiz bilan tanishish uchun:

[Korporativ ta’lim]

Ta’lim formati kompaniya ehtiyojidan kelib chiqib moslashtiriladi:
- Onlayn yoki oflayn
- Alohida bo‘limlar yoki butun jamoa uchun
- Amaliy workshoplar
- Real ish jarayonlari asosidagi keyslar
- Kompaniya sohasiga mos individual dastur


👇Batafsil ma’lumot olish uchun ma’lumotlaringizni qoldiring

[Ro‘yxatdan o‘tish]

Website | Telegram | Instagram |LinkedIn
  • ⚡ 6
  • ❤‍🔥 2
  • 🏆 1
  • 🦄 1
Post #909 1.96K
🇺🇿 Vazirlik xodimlari uchun ML Community AI o'qitish dasturi yakunlandi

4-sentabr kuni 7 haftalik amaliy o'qitish dasturimizning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Dastur davomida vazirlik xodimlari va rahbarlari o‘z faoliyatlari doirasidagi real vazifalar asosida AI-loyihalarini ishlab chiqdilar. Har bir loyiha uchun muammo va yechim konsepsiyasidan boshlab, texnik topshiriq, yo‘l xaritasi va ishlaydigan prototipgacha bo‘lgan natijalar tayyorlandi

Yakuniy bosqichda ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etib, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildilar

🤝 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ishonch va hamkorlik uchun ML Community Uzbekistan o'z minnatdorchiligini bildiradi!

Website | Telegram | Instagram | LinkedIn
  • ⚡ 5
  • ❤‍🔥 5
  • 🦄 1
  • 👾 1
Post #902 1.63K
Yandex Uzbekistan talabalar va boshlang‘ich mutaxassislarni Dev Camp dasturiga taklif qilmoqda.

10–31 oktabr kunlari Toshkentda backend dasturlash, sun’iy intellekt va algoritmlar bo‘yicha intensiv dastur bo‘lib o‘tadi.

🧑‍💻 Ishtirokchilar:
• texnik bilimlarini chuqurlashtiradi;
• Yandex dasturchilari bilan muloqot qiladi;
• jamoa rahbarlari bilan tanishadi;
• stajirovkaga qabul uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Dastur, avvalo, IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.

👍 O‘zbekistonning boshqa hududlaridan saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashash joyi Yandex tomonidan qoplanadi.

Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Mashg‘ulotlarning kamida 70 foizida qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

❗️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 30-sentabr.

Dev Camp’da ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.

Website | Telegram | Instagram | LinkedIn
  • ❤‍🔥 5
Post #901 3.03K
🤖 Butunjahon AI-agentlar xakatoni!

12-sentabr kuni Toshkent dunyoning 50 ta shahriga qo‘shilib, OpenAI ko‘magida AI Tinkerers global xakatoni bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladigan shaharlardan biriga aylanadi.

Xakatonning asosiy yo‘nalishi — alohida chat-interfeysida emas, balki bevosita ilovalar, servislar va kundalik jarayonlarda ishlaydigan AI-agentlarni yaratish.

Ishtirokchilarda o‘z g‘oyasini ishlaydigan prototipga aylantirish va uni butun dunyodagi boshqa loyihalar qatorida taqdim etish uchun bir kun vaqt bo‘ladi.

📝 Ro'yxatdan o'tish uchun havola

Xakaton Toshkentda oflayn formatda soat 10:00 dan 17:00 gacha OpenAI, CopilotKit, OpenRouter, Auth0, Mozilla, ML Community Uzbekistan va boshqa global hamkorlar ko‘magida bo‘lib o‘tadi.

Website | Telegram | Instagram | LinkedIn
  • 🏆 11
  • 🦄 5
  • ❤‍🔥 4
Post #891 1.64K
ML Party 🚀

G‘oyalar, ilhom va haqiqiy ML va AI energiyasiga boy ajoyib kecha 💡

Biz bilan birga bo‘lgan barchaga — spikerlarimiz, mehmonlarimiz va bu kechani birgalikda yaratgan ajoyib ML hamjamiyatimizga katta rahmat!

AI kelajagi haqida suhbatlashdik, tajribalarimiz bilan bo‘lishdik, challenge’larni birgalikda hal qildik va texnologiya insonlar bilan uchrashadigan ajoyib muhitdan bahramand bo‘ldik.

Hamkorimiz — Yandex Uzbekistan ga qo‘llab-quvvatlovi va hamkorligi uchun alohida rahmat! ❤️

📸 Foto: [link]

Website | Telegram | Instagram | LinkedIn
  • ⚡ 12
  • ❤‍🔥 5
  • 🦄 3
  • 🏆 1
  • 👾 1
Post #890 1.37K
ML Party qanday o‘tdi? 👀🚀

Kuchli spikerlar, qiziqarli suhbatlar, yangi tanishuvlar va foydali tajribalar.

AI va ML olamiga qiziqadiganlar bir joyda jam bo‘lib, bilim va tajriba almashishdi.

ML Party’dan eng yaxshi lahzalarni tomosha qiling! 🎥

Website | Telegram | Instagram | LinkedIn
  • 🏆 7
  • ⚡ 3
  • ❤‍🔥 2
  • 🕊 2
Older posts →

About this channel

How can I read @mlc_uz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for ML Community Uzbekistan: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does ML Community Uzbekistan have?
ML Community Uzbekistan (@mlc_uz) has 3.71K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does ML Community Uzbekistan know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →