Yandex Uzbekistan talabalar va boshlang‘ich mutaxassislarni Dev Camp dasturiga taklif qilmoqda.
10–31 oktabr kunlari Toshkentda backend dasturlash, sun’iy intellekt va algoritmlar bo‘yicha intensiv dastur bo‘lib o‘tadi.
🧑💻 Ishtirokchilar:
• texnik bilimlarini chuqurlashtiradi;
• Yandex dasturchilari bilan muloqot qiladi;
• jamoa rahbarlari bilan tanishadi;
• stajirovkaga qabul uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dastur, avvalo, IT yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va yaqinda universitetni tamomlagan bitiruvchilar uchun mo‘ljallangan.
Yosh va ish tajribasiga nisbatan qat’iy talablar yo‘q.
👍 O‘zbekistonning boshqa hududlaridan saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashash joyi Yandex tomonidan qoplanadi.
Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi.
Mashg‘ulotlarning kamida 70 foizida qatnashgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
❗️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 30-sentabr.
Dev Camp’da ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak.
Website | Telegram | Instagram | LinkedIn
Post #902
1.64K

- ❤🔥 5