"Meat proxy" - yangi termin ommalashayotgan ekan.
Ishxonadagi chatda kimdir nimadir so'rasa Claude/Chatgptning javoblarini copy/paste qilish ommalashayotgan ekan. Anashundaylarga atab meat proxy — "go'shtdan yasalgan vositachi" - nomi qo'llanilayotgan ekan.
CLaude/Chatgptdan hamma ham so'rab javob olishi mumkin bu qiyin ish emas.
X'da atama shov-shuvga aylandi. Texniklar meat proxy'larni "juda bezovta qiluvchi" va "birinchi bo'lib almashtiriladiganlar" deyishmoqda. Ba'zilar uchun bu — "2026-yilning eng katta karyera xavfi"dir.
Mantiq shafqatsiz, lekin adolatli: agar sizning butun hissangiz Ctrl+C → Ctrl+V bo'lsa, kompaniya nima uchun o'rtadagi "go'shtga" pul to'lashi kerak? To'g'ridan-to'g'ri AI'ga ulanadi-qo'yadi.
O'qi, tushun, tekshir, keyin O'Z so'zlaring bilan yoz. Bu — "men ishladim" degan sertifikat.
AI ishlatgan — aqlli. AI'ni o'qimasdan forward qilgan — meat proxy. Farqni bilib oling, aks holda 2026 sizni bilib oladi.
Post #1600
636
